• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda 4 yashar qizaloq kul va cho‘g‘ o‘rasiga yiqilib, og‘ir jarohat oldi

    “Karvon savdo” MChJga qarashli axlatxona yaqinidagi kabobning kul va cho‘g‘i tashlanadigan o‘rasiga 4 yashar qizaloq tushib ketib, og‘ir tan jarohati oldi. Bu haqda “Daryo”ga 4 yashar qiz Gulchiroy Ravshanovaning onasi Gulsara Rahmonova xabar berdi.

    Gulchiroy Ravshanova.

    Gulchiroy Ravshanova.
    Foto: ”Daryo”

    Bildirishicha, 2015-yilda tug‘ilgan Gulchiroy Ravshanova onasi va otasi bilan 14-iyul kuni ertalab, chamasi soat 7:30 larda “Karvon savdo” bozoriga kirayotganda uning axlatxonasi muyulishidagi kabobning kul va cho‘g‘i tashlanadigan o‘rasiga tushib ketgan. O‘ra usti ochiq holatda, xavfsizligi ta’minlanmagan va yer bilan bir xil simmetriyada bo‘lgan.

    — Bozorning chap tomonidan kiriladigan yo‘lak qum tuproqli bo‘lgani uchun axlatxonaning shundoq muyulishida issiq o‘ra borligi mutlaqo ma’lum emas. Biz bilan tengma-teng yurib kelayotgan qizimiz kutilmaganda chinqirib yubordi. Ne ko‘z bilan ko‘raylikki, u issiq o‘raga tushib ketgandi. Birpasda oyoq terilari cho‘g‘ aralashgan kulda qovjirab qola boshlagan qizimizni zudlik bilan taksida kasalxonaga olib keldik, — dedi Gulsara Rahmonova.

    Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali tomonidan qo‘yilgan tashxisga ko‘ra, issiq kuldan ikkala oyoq tovon, qisman son, boldir sirkulyar sohasining II-III AB darajali 15% kontraktda kuyishi, kuyish shoki og‘ir darajasi, IF-25 birlik holati qo‘yilgan.

    Foto: ”Daryo”

    — Qizaloqni kuyish shokining og‘ir darajasi ahvolida keltirishdi. Birinchi yordam ko‘rsatildi. Kuyish jarohatlari, asosan, tanasining ikkala oyoq tovon, qisman son, boldir sohasida yuzaga kelgan. Kollikvatsion nekroz bilan qoplangan jarohat sirkulyar joylashganligi uchun panjalarida harakat yo‘q, deyarli, sezishi yo‘qolgan edi. Atroflarida shish kuzatilib, distal sigmentlarda qon ta’minlanishi ham buzilgan edi. Shularni e’tiborga olib, bemorga zudlik bilan v/v ketamin og‘riqsizlantirish usulida dekompression nekrofassiotomiya qilindi. Betadinli ass bog‘lam qo‘yildi, — dedi Kombustiologiya bo‘limi vrachi Xushmamad Arabov.

    Gulchiroy Ravshanovaning og‘ir shok holatdan chiqishi uchun barcha tibbiy yordamlar ko‘rsatilgan. Ikkinchi kun qizaloq asta-sekin hushiga kela boshlagan.

    Bemor qiz onasining aytishicha, shifokorlar tomonidan barcha muolajalar qilingan. Ayni paytda ham bemorni sog‘lom hayotga qaytishi uchun bor choralarni ko‘rishmoqda. Biroq ayol “Karvon savdo” bozori ma’muriyati va tadbirkorlarning e’tiborsizligi oqibatida farzandi shu ko‘yga tushganidan hamda ularning xabar olmayotganidan noroziligini bildirdi.

    — Yo‘q, o‘rinbosarim hamda uchastka noziri ikki marta borib, ularning holidan xabar olishdi, uyiga ham borishdi. Moddiy ko‘mak uchun tayyorligimizni ham bildirdik. Ayol esa shashlik kuli va cho‘g‘ini o‘raga tashlagan tadbirkorlarning kimligini so‘rayapti. To‘g‘risi, ayol nima istayotganini o‘zi bilmayapti, — dedi “Karvon savdo” MChJ rahbari Shohrux Qodirov. — Bundan tashqari, qizi davolanayotgan shifoxonada barcha muolajalar bepul.

    Qizcha tushib ketgan o‘ra hozirda g‘isht va beton bilan o‘rab qo‘yilgan.

    Qizcha tushib ketgan o‘ra hozirda g‘isht va beton bilan o‘rab qo‘yilgan.
    Foto: ”Daryo”

    Qizcha tushib ketgan o‘ra hozirda g‘isht va beton bilan o‘rab qo‘yilgan.

    Qizcha tushib ketgan o‘ra hozirda g‘isht va beton bilan o‘rab qo‘yilgan.
    Foto: ”Daryo”

    “Daryo” muxbiri Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 4-son IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi tayanch punkti profilaktika inspektori Alisher Sattorov hamrohligida “Karvon savdo” MChJga qarashli axlatxona yaqinida joylashgan shashlik kuli va cho‘g‘lari tashlanadigan o‘ralar bilan tanishdi. O‘ra atrofi fojia ro‘y bergandan keyin 80–100 santimetr balandlikda g‘isht va beton qorishmasi bilan o‘ralgan. 1–1,5 metr balandlikdan qaralsa-da, kul o‘raning issiq tafti yuzga uriladi.

    Qizcha tushib ketgan o‘ra hozirda g‘isht va beton bilan o‘rab qo‘yilgan.

    Qizcha tushib ketgan o‘ra hozirda g‘isht va beton bilan o‘rab qo‘yilgan.
    Foto: ”Daryo”

    — Bu holat birinchi marta emas, bir necha bor kul o‘raga odamlar tushib ketgan. Aynan shu atrofda savdo qilayotganimiz uchun ham bunga guvoh bo‘lganmiz, — dedi tilla buyumlar sotuvchi tadbirkorlardan biri.

    Ma’lum bo‘lishicha, bozor ma’muriyati vakillari ham bundan xabardor bo‘lsa-da, o‘ra atrofi qator yillardan buyon xavfsizlantirilmagan. Usti ochiq, qum tuproq yo‘lak bilan simmetrik ko‘ringan va bir burchakda joylashgan kul o‘raning bor-yo‘qligi bilinmaydi.

    — Ayrim tadbirkorlar qoidaga rioya qilmay, cho‘g‘ni o‘chirmay tashlashgan, — deya holatni izohladi bozor rahbari.

    Tadbirkorlar esa bozor ma’muriyati tomonidan ko‘rsatilgan va belgilangan joyda kabob kullarini tashlashini bildirdi.

    Foto: ”Daryo”

    “Karvon savdo” bozorining ikkinchi orqa tarafida joylashgan axlatxona oldida shashlik kuli uchun alohida konteyner qo‘yilgan. Konteynerning bir necha kundan buyon bo‘shatilmagani oqibatimi, axlatxonadan 5–6 metr narida ham hali cho‘g‘ining tafti sovimagan shashlik kuli uyumlanib yotibdi. Atrof turli axlat chiqindilari bilan ko‘rimsiz ahvolda. Hudud barqaror sanitariya-epidemiologik holatda emas.

    Nafaqat bozorga tegishli axlatxonalar atrofi, balki qator umumiy ovqatlanish maskanlarida ham taom va pishiriqlar tayyorlash sanitariya me’yorlariga amal qilinmagan. Hudud ko‘chalari antisantar ahvolda.

    Foto: ”Daryo”

    Foto: ”Daryo”

    Bozorda yerga qo‘yilib sotilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ham shunday salbiy holatni kuzatish mumkin. Ko‘rinishidan ma’lum, savdo qilinayotgan mahsulotlarning laboratoriya tekshiruv xulosasi bor-yo‘qligini so‘rashga ham hojat yo‘q. Oziq-ovqat va kiyim-kechak, non, poliz va go‘sht mahsulotlarini bir joyda qalashtirib sotilishi borasida e’tibor berilmagan. Mahsulotlarning xavfsizlik ko‘rsatgichlari bizga noma’lum. Ammo shashlik kul va cho‘g‘i tashlanadigan o‘raning atrofi vaqtida xavfsizlantirilmaganidek, antisanitariya ahvolda sotilayotgan bu mahsulotlarning odamlar sog‘lig‘iga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida gapirmasa ham bo‘ladi. “Ko‘za kunda emas, kunida sinadi”.

    Foto: ”Daryo”

    Foto: ”Daryo”

    Foto: ”Daryo”

    “Karvon savdo” bozorida faoliyat yuritayotgan davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat bo‘limi vakili “Daryo” muxbiri savollariga javob bermay, telefon go‘shagini qo‘yib qo‘yishi uning funksional vazifasini nechog‘li bajarayotganini ko‘rsatdi.

    — Kun kech bo‘lgani va bozorning oxirlab qolgani uchun tumanlardan meva-cheva sotuvchilar kelib, yerda savdo qilishadi. Bu muammo bartaraf etiladi, — dedi bozor rahbari telefon orqali navbatdagi bog‘lanuvda. — Shashlik kuli o‘rasiga tushib ketgan qizaloq masalasiga kelsak, moddiy qo‘llab-quvvatlaymiz. Qo‘ldan kelguncha, sog‘lig‘ini tiklashga qarashamiz.

    Profilaktika inspektori Alisher Sattorovning aytishicha, ushbu masala yuzasidan Buxoro shahar IIOFMB (Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi) tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali Kombustiologiya bo‘limi shifokori Obid Sharopovning aytishicha, 4 yashar Gulchiroy Ravshanovaning asoratsiz sog‘ayib ketishi uchun qizaloq kamida 3 marotaba operatsiyani boshdan kechirishi kerak.

    27.07.2019, 15:10   Izoh (0)   28081
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda pensiya yoshi o‘zgaradimi? Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mutasaddisi izoh berdi

    27.07.2019, 14:43

    TIV Rossiyaga yo‘l olgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantirdi

    27.07.2019, 14:10

    Qashqadaryolik 27 yashar ayol erini pichoqlab qo‘ydi

    27.07.2019, 13:15

    Myanma, Rossiya, Angola va Armaniston harbiy delegatsiyalari “ArMI – 2019”da ishtirok etish uchun “Forish” poligoniga yetib keldi (foto)

    27.07.2019, 12:25

    O‘zbekistonda qishloqlarda shifokor yetishmasligi muammosini majburiyat emas, imtiyozlar bilan hal etgan yaxshi emasmi?

    27.07.2019, 11:10

    Samarqand va Jomboy tumanlari sektor rahbarlari ishdan olindi

    27.07.2019, 10:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.