Respublika hududida joylashgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi bozor va do‘konlarda Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, “Jonpulot Javohir Kelajagi” xususiy korxonasida ishlab chiqarilgan “Bio Kefir” mahsulotining sifati standart talablariga javob bermasligi aniqlandi, bu haqda “O‘zstandart” matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Xususan, mahsulotning ishlab chiqarilgan sanasi ko‘rsatilmagan hamda yorliqlanishi standart talablariga javob bermaganligi ma’lum bo‘ldi.
Departament xodimlari tomonidan mazkur korxona mas’ullariga ishlab chiqarish jarayonlariga xalqaro standartlarni qo‘llash orqali mahsulot sifatini oshirish tavsiya etildi.
Izoh (0)