24-iyul kuni Niderlandiyada haroratning tarixiy maksimumi qayd etildi, deb yozadi “Korrespondent.net” Niderlandiya qirollik meteorologiya institutiga tayanib.
Shimoliy Brabant provinsiyasidagi Gilze-Reyen aholi punktida taxminan 15:00 da harorat Selsiy bo‘yicha 38,8 darajagacha ko‘tarildi. Avvalgi rekord 1944-yil 23-avgust kuni qayd etilgan bo‘lib, 38,6 darajani tashkil etgan edi.
Rekord darajada yuqori harorat Belgiyada ham qayd etilgan — meteostansiyalardan birida termometr ustuni 38,9 darajagacha ko‘tarildi. Bu 1833-yildan boshlangan meteokuzatuvlar tarixidagi eng baland harorat ekanligi aytilmoqda. O‘tgan yili hamda 2015-yilda havo qariyb 38,8 darajagacha qizigan.
Izoh (0)