Sankt-Peterburgda 37 yoshli ayol to‘rt egizakni dunyoga keltirdi. Bu haqda Sputnik xabar qiladi.
“23-iyul, seshanba kuni ertalab soat 10:25 da uch o‘g‘il va bir qiz tug‘ildi. O‘g‘il bolalarning vazni 1 kilo 870 gramm, 1 kilo 930 gramm, 1 kilo 580 gramm va qiz — 1 kilo 540 gramm. Ona o‘zini yaxshi his etmoqda”, — deyilgan xabarda.
Shifokorlar reja asosida onaga kesarcha kesish operatsiyasini amalga oshirdi.
Chaqaloqlar 35 haftalik muddatda Apgar shkalasi bo‘yicha yaxshi baho bilan dunyoga keldi. Hozirgi vaqtda bolalar mustaqil nafas olmoqda.
Izoh (0)