Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida joriy yilning 18-iyul kuni soat 19:00 larda Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashagan 39 yoshli D.R. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashinasini “Zomin—Toshkent” yo‘lining 122-kilometrda haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘lning chetiga ag‘darilib ketgan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.
Natijada haydovchi D.R. jarohat olib voqea joyida va uning yo‘lovchisi Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashagan 57 yoshli T.V. kasalxonada vafot etgan hamda yana 2 nafar yo‘lovchilari jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)