Toshkentning Bektemir tumanida balandligi 35 metr bo‘lgan O‘zbekiston bayrog‘i o‘rnatildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bayroq 19-iyul kuni Ohangaron va Husayn Boyqaro ko‘chalari kesishmasidagi “Suvsoz” aylanmasi markazida o‘rnatilgan. Bundan tashqari, ushbu hudud ko‘kalamzorlashtirilib, aholining dam olishi uchun o‘rindiqlar o‘rnatilgan, veloyo‘lak tashkil etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning iyul oyida ilk bor Toshkentda mamlakatdagi eng katta davlat bayrog‘i o‘rnatilgandi. Uning balandligi 65 metrni, o‘lchami esa 12x25 metrni tashkil etadi.
Izoh (0)