Moskvaning “Sheremetevo” aeroportida yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan “Shimol shamoli” aviakompaniyasiga tegishli Boeing 747 o‘z parvozini samolyot bortida tutun paydo bo‘lgani sabab to‘xtatdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Tutun tarqalgani borasidagi signal uchuvchilarning bo‘lmasidan tarqalgan.
Parvoz to‘xtatilib, yo‘lovchilar zudlik bilan evakuatsiya qilingan. To‘polonda uch kishi jarohat olgani aytilmoqda.
Yerevanga uchayotgan samolyot bortida 187 kishi bo‘lgan.
O‘tkazilgan tekshiruvlarga ko‘ra, samolyot bortida hech narsa yonmagani aniqlandi.
Izoh (0)