Milliy agrotexnologik institut (INTA) va Patagoniya milliy universiteti olimlari tomonidan Antarktida joylashgan Marambio stansiyasida tuproqsiz sun’iy sharoitda turli ko‘katlarni yetishtirish uchun modul o‘rnatiladi. Bu haqda Sputnik xabar qiladi.

Foto: Sputnik

Buning uchun olti metr bo‘lgan uzunlikdagi dengiz konteyneridan foydalaniladi.

“Hozirgi vaqtda biz rukola, salat, petrushka, rayhon va mangold (lavlagi o‘simligi) yetishtiramiz. Bundan tashqari, biz tadqiqotga kashnich o‘simligini ham qo‘shishni rejalashtirdik”, — deydi INTA mutaxassisi Xorxe Birgi.

Bu o‘simliklar bazada ishlaydigan olim va harbiylar ovqatlanishi uchun ishlatiladi.

Hozirgi vaqtda Argentina Antarktidada qator ilmiy tadqiqotlarni olib bormoqda.