Jinoyat ishlari bo‘yicha Zafarobod tuman sudi ijro varaqasiga asosan fuqaro R.N. dan undiruvchi N.Q. foydasiga 68 million 417 ming so‘m zarar undirish belgilangandi. Bu haqda “Daryo”ga MIB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ammo qarzdor shaxs yetkazilgan zararni to‘lashni ortga surib keldi. R.N. faqat 7 million 571 ming so‘m zarar pullarini to‘lagan, xolos.
Shundan so‘ng Majburiy ijro byurosi Forish tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borildi. Qarzdor fuqaroga tegishli bo‘lgan Forish tumani, Xonbandi MFYda joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasi binosi xatlandi.
Ushbu bino, mutaxassis xulosasiga ko‘ra, 447 million 543 ming so‘mga baholangan va belgilangan tartibda sotish uchun “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasiga chiqarilishi ta’minlangan.
Endilikda yetkazilgan zarar pullari xatlangan mol-mulk sotuvidan tushgan mablag‘ hisobidan qoplanadi.
Izoh (0)