Gretsiyaning Xalkidiki ma’muriy hududida sodir bo‘lgan kuchli shamol, yog‘ingarchilik va do‘l oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, yana o‘nlab insonlar jarohat oldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Mahalliy politsiyaning ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida Chexiya, Ruminiya va Rossiyadan kelgan turistlar bor.
Kuchli shamol katta yoshli chexiyalik juftlikning treylerini uchirib yuborgach halok bo‘lgan, 8 yoshli bolasi bo‘lgan ayol esa Nea-Plagiya shaharchasida restoran tomining qulab tushishi oqibatida vafot etgan. Ikkisi ham Ruminiya fuqarosi bo‘lgan.
Halok bo‘lganlarning ikki nafari rossiyalik ekanligi aytilmoqda — ota-o‘g‘il Nea-Potideya shaharchasida joylashgan mehmonxona yaqinidagi daraxtning qulashi oqibatida vafot etgan.
Shuningdek 70 nafarga yaqin odam jarohat olgan bo‘lib, ularga shifoxonada yordam ko‘rsatilmoqda.
Izoh (0)