Farg‘ona vodiysida “Chaqar” yangi gaz koni ochildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Chaqar” Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida joylashgan. Joriy yil mart oyida mutaxassislar 2-quduqda burg‘ulash ishlarini boshlagandi.
10-iyul kuni esa 1710 metr chuqurlikda dastlabki tabiiy gaz oqimi olindi. Uning debiti sutkasiga 300 ming kubometr baholanmoqda.
Izoh (0)