Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent viloyatida joylashgan Nurafshon tumani Arancha qo‘rg‘oni desantlashtirish dala-o‘quv maydonida 121 nafar desantchi 164 ta sakrash amaliyotini muvaffaqiyatli bajardi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, desantchilar ichidan 24 nafari ilk bor parashyut bilan sakragan. Ular 2019-yilning sentabr oyida Qurolli Kuchlar miqyosida “Farg‘ona” poligonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan parashyut sporti musobaqasiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Sakrash amaliyoti “D-6”, “Berkut-2”, “Malva aksioma” kabi parashyutlarda bajarilgan.
Shundan so‘ng desantchilar uchun dala sharoitida hozirlangan axborot ma’lumot markazi, psixologik zo‘riqishlarni bartaraf etish punkti, tibbiy xizmat xonasi, ma ’naviy hordiq chiqarish xonasi, yuvinish joyi va dala oshxonasi ko‘zdan kechirilgan.
Izoh (0)