Suvda aholining ommaviy dam olish joylarida dam olayotgan fuqarolarga quyidagilar taqiqlanadi, bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar qiladi.
— taqiqlovchi belgilar va “Xavfli!”, “Cho‘milish taqiqlanadi!”, “Sho‘ng‘ish (suvga sakrash) taqiqlanadi!” so‘zlari yozilgan joylarda cho‘milish va suvga sakrash;— to‘sish belgilaridan o‘tib suzish;— motorli, yelkanli, eshkakli va boshqa kichik o‘lchamli kemalar yaqiniga suzib borish;— texnik va ogohlantirish belgilaridan hamda to‘siqlardan boshqa maqsadlarda foydalanish;— sakrash uchun moslanmagan inshootlardan hamda chuqurligi va tubining holati noma’lum bo‘lgan joylarda suvga sakrash;— alkogolli mahsulotlarni iste’mol qilish va mast holatda cho‘milish;— suvda sho‘ng‘ish va cho‘miluvchilarni ushlab olish bilan bog‘liq o‘yinlarni tashkil etish;— yolg‘on trevoga signali berish;— voyaga yetmaganlarni nazoratsiz qoldirish;— suzish uchun avtomobil kameralari, taxtachalar va shu kabilardan foydalanish;— plyajlar akvatoriyalarida motorli, yelkanli, eshkakli qayiqlardan, eshkakli va motorli kichik o‘lchamli kemalardan, suv velosipedlaridan foydalanish;— kuchuklar va boshqa hayvonlarni o‘zi bilan olib kelish, cho‘miltirish, sayr qildirish;— suv havzalarini iflos qilish, qirg‘oqda axlatlarni qoldirish;— 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ota-onalar nazoratisiz yakka tartibda cho‘milishi;— shisha buyumlar yoki boshqa xavfli buyumlarni qoldirish yoki plyaj materialiga ko‘mish;— ovqat tayyorlash va isitish uchun olovdan foydalanish;— tovush balandligi 90 dBdan ortiq bo‘lgan kuchli ovoz chiqarish qurilmalaridan foydalanish;— qonunga zid boshqa xatti-harakatlarni sodir etish.
Izoh (0)