Apple kapitalizatsiyasi kompaniyaning dizayn bo‘yicha direktori Jonatan Ayv ishdan ketishga qaror qilgani holatida NASDAQ birjasida 9 milliard dollarga kamaydi. “Korrespondent.net”ning yozishicha, savdo yakunida kompaniya aksiyalari 199,74 dollarni tashkil etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Ayv o‘zining LoveFrom nomli mustaqil dizaynerlik kompaniyasini yaratishga qaror qilgan. Kompaniyaning mijozlari qatorida, shu jumladan, Apple ham bo‘ladi. Ayvning o‘rnini bosh operatsion direktor Jeff Uilyams egallaydi.
“Tugatishim kerak bo‘lgan, 2004-yilda boshlangan muhim loyihalarim bor edi va uni yakunladim, deb o‘ylayman. Bir necha hafta avval bizda parkning rasman ochilish marosimi bo‘ldi. Bu boshqa loyihalardan ajralib turuvchi haqiqatdan muhim loyiha edi, chunki u o‘zimiz uchun edi”, — deb o‘z qaroriga izoh bergan Ayv.
Ayv Apple'da 1992-yildan buyon ishlab kelgan edi. U iMac, iPod, iPhone va iPad, MacBook va MacBook Pro dizaynlarini yaratgan.
Izoh (0)