Mudofaa vazirligiga qarashli Urganch “Temurbeklar maktabi”ga bir o‘ringa uchta bola da’vogarlik qilmoqda. Ya’ni bu yil 150 o‘rin uchun 450 nafar nomzodning shaxsiy yig‘ma jildi qabul qilingan bo‘lib, oxirgi bosqich — Davlat test sinovlarida ishtirok etish uchun qo‘yiladi, bu haqda shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Hujjatlarni topshirgan nomzodlar, asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlarining yoshlari bo‘ldi.
Yigitlar oxirgi bosqichga qadar tuman (shahar), viloyat mudofaa ishlari bo‘lim va boshqarmalaridagi harbiy-professional saralash bosqichlaridan hamda jismoniy tayyorgarlik sinovlaridan o‘tishdi.
Navbatdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovi joriy yilning 12-iyul kuni Urganch shahar “Yoshlik” sport majmuasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)