• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqandda shifokorning aybi bilan homilador ayolning bolasi nobud bo‘ldi. U endi farzand ko‘rolmaydi

    Samarqandning Urgut tumanida tibbiy tekshiruvlardan o‘z vaqtida o‘tkazilmagan, aniq tashxis qo‘yilib vaqtida kerakli jarrohlik amaliyoti o‘tkazilmagan homilador ayolning bolasi nobud bo‘ldi, deb xabar bermoqda Oliy Sud matbuot xizmati.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Ma’lum bo‘lishicha, Nodira (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) belida kuchli og‘riq turgach, “tez yordam”da soat 09:00 da tug‘ruqxonaga olib kelinadi. Navbatchi shifokor ayolning qon bosimini o‘lchab, ahvoli yaxshi ekanligini aytadi va u tug‘ruq majmuasiga olib ketiladi. Qabul bo‘limida ham ayol obdon ko‘rikdan o‘tkaziladi so‘ng tug‘ruq zaliga olib chiqilgan.

    U yerda homilador ayolning ahvoli og‘irlashgan, ammo zarur choralar ko‘rilmagan.O‘sha kuni birinchi navbatchi vrach sifatida tug‘ruq majmuasi akusher-ginekologi Shukur Nizomov ishlayotgan bo‘lgan.

    Nodirani tug‘ruq zaliga chiqarishgach, ayolda og‘riq yanada kuchayadi. Soat 23:40 da tug‘ruq doyasi uni tekshirib ko‘rib, o‘z bilimi va tajribasi asosida maslahat bergan. Ammo Nodiraning ahvoli yengil tortmagach, doya N.Eshmamatova hamshira Muazzam opani yordamga chaqiradi. Muazzam opa Nodiraning yoniga kelib, qornining yuqori qismidan pastga qarata qo‘li bilan itargan. Bundan ham biron-bir natija bo‘lmaydi. Shundan so‘ng ular ayolga yurib ko‘rishni tavsiya qilgan.

    Yura boshlagach, Nodiraning ahvoli yaxshi tomonga o‘nglanish o‘rniga oshqozonida qattiq og‘riq qo‘zg‘alib, yuragi siqilib, bezovtaligi kuchayadi. Egilib, emaklab qolgan kelinining ahvolini ko‘rgan O‘g‘iloy opa chidayolmaydi. Doya N.Eshmamatovadan tezda vrachni chaqirib kelishni so‘raydi.

    Shukur Nizomov bemorni tekshirib, oshqozondagi og‘riq tug‘ruq bilan bog‘liqligi, tug‘ruqdan keyin o‘tib ketishini aytadi. Dard kelmagani uchun Nodira qanchalik harakat qilmasin, yengillasholmaydi. Soat 03:30 da tug‘ruq doyasi uchinchi navbatchi shifokor, akusher-ginekolog D. Fozilovani chaqirishiga to‘g‘ri keladi. Ammo D.Fozilova kelgandan so‘ng ham ayol tabiiy yo‘l bilan farzandini dunyoga keltirolmaydi.

    Bemorni qabul qilib, javobgarlik zimmasida turgan Shukur Nizomov esa, tug‘ruq zalida ertalab soat beshlarda paydo bo‘ladi. U azob chekayotgan ayolning ah­volini ko‘rib, “Harakat qil, bolangni qiynayapsan” deydi, xolos. Bemorning ahvoli esa, tobora og‘irlashayotgandi. Shundan so‘ng UTT shifokorini chaqirishga majbur bo‘ladi. Mutaxassis shifokor homila yurak urishi juda sust ekanini aytadi.

    Sudda ish mazmunan ko‘rish jarayonida jabrlanuvchi, guvohlar hamda ekspertiza byurosi mutaxassislarining ko‘r­satmalari eshitildi, ekspertiza xulosalari chuqur o‘rganildi.

    Guvoh, akusher-ginekolog D.Fozilovaning sudda ko‘rsatma berishicha, shifokor Sh.Nizomov soat olti-yu yigirmalarda unga qo‘ng‘iroq qilgan va N.Nosirovani operatsiya qilish lozimligini aytgan. Kesarcha kesish jarrohlik amaliyoti amalga oshirilgan. Ammo chaqaloqda antinotal o‘lim kuzatilgan.

    Sudda so‘ralgan guvoh Sh.Nazarqulovaning ko‘rsatmasiga qaraganda, u tug‘ruq majmuasi neontolog vrachi sifatida kesarcha kesish operatsiyasida ishtirok etgan. Operatsiyadan oldin shaxsan o‘zi tekshirganda homilaning yurak urishi eshitilmagan.

    Samarqand viloyat sud-tibbiy ekspertiza byurosining Ј-37-sonli komissiyaviy ekspertiza xulosasida tuman tug‘ruq majmuasi akusher-ginekologi Sh.Nizomov tomonidan N.Nosirovaga amaldagi milliy standartga mos ravishda tekshiruvlar to‘liq hajmda, o‘z vaqtida o‘tkazilmagani, aniq tashxis qo‘yilmagani chaqaloqning vafot etishiga sabab bo‘lgani qayd etilgan.

    Sudda viloyat sud-tibbiy ekspertiza byurosi “Qayta, komission va kompleks ekspertizalar” bo‘limi mudiri lavozimida ishlovchi guvoh E.Abdumutalovning ham ko‘rsatmasi eshitildi. Uning aytishicha, N.Nosirovaga to‘g‘ri tashxis qo‘yilmagan, zarur tibbiy tekshiruvlar to‘liq o‘tkazilmagan, laboratoriya va UTT tekshiruvlari vaqtida bajarilmagan, terapevt ko‘rigi o‘tkazilmagan.

    “Me’yorida joylashgan yo‘ldoshning qisman o‘tkir ko‘chishi” tashxisi ertalab soat 6:20 da qo‘yilgan. Shu zahotiyoq shoshilinch ravishda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi lozim bo‘lsa ham, lekin bu amaliyot oradan qirq daqiqa o‘tib, bajarilgan. Chaqaloqqa shoshilinch reanimatsion yordam ko‘rsatilmagan.

    Sudda jabrlanuvchi N.Nosirova esa bir nafar qizi borligi, tug‘ilajak farzandi esa, kutganidek o‘g‘il bo‘lgani, endi jarrohlik amaliyotidan so‘ng farzand ko‘rolmasligini aytgan.

    Sud sudlanuvchi Sh.Nizomovni Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi bilan aybdor deb topdi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 45-moddasini qo‘llab, uch yil tibbiyot muassasalarida akusher-ginekolog shifokor vazifasida, shuningdek, mansabdor, moddiy javobgar shaxs lavozimlarida ish­lash huquqidan mahrum etib, ikki yil olti oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqardi.

    Sh.Nizomovga nisbatan qo‘llanilgan “munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat” ehtiyot chorasi bekor qilinib, u sud zalida qamoqqa olingan.

    09.07.2019, 10:33   Izoh (0)   40179
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda tarqatganlar 10 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin

    09.07.2019, 10:30

    “Miss Intercontinental”ning o‘zbekistonlik ilk ishtirokchisi: Hamyurtlarimiz meni finalda qo‘llab-quvvatlab tursalar bo‘lgani

    09.07.2019, 09:57

    Britaniyalik jurnalist Joanna Lillis O‘zbekistonda ham faoliyat olib boradi

    09.07.2019, 09:30

    Toshkentda mast erkak kanalda cho‘kib ketdi

    09.07.2019, 09:21

    Abdulaziz Komilov Londonda OAV erkinligi bo‘yicha o‘tkaziladigan konferensiyada qatnashadi

    09.07.2019, 08:53

    Nukusda tug‘ilgan uch egizaklarga Habibulla, Hamidulla va Halilulla deb ism qo‘yildi

    09.07.2019, 08:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Rasmingni qo‘yib ham kaltaklayveradi, qayoqqa qochasan?” — Zoir Mirzayev OAVdan qochayotgan hokimlar haqida

    O‘zbekiston | 11 avgust, 17:00

    Bolada til chiqishi kechiksa: bu normal holatmi yoki rivojlanishdagi muammo?

    Farzand | 11 avgust, 16:50

    “Futbol TV” hamda “Sport TV” kuchli beshlik chempionatlarini translyatsiya qiladi

    Sport | 11 avgust, 16:45

    “Odamlar muhim qarorlarni ChatGPT’ga ishonib topshirayotgani meni xavotirga soladi” — Sem Altman

    Dunyo | 11 avgust, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi tushdi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 16:14

    Xitoy tashqi ishlar vaziri lavozimiga nomzod g‘oyib bo‘ldi — WSJ

    Dunyo | 11 avgust, 16:00

    Amerikalik sharhlovchi Bahodir Jalolov kimga qarshi jang qilish kerakligini aytdi

    Sport | 11 avgust, 15:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.