Futbol bo‘yicha Janubiy Amerika konfederatsiyasi Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messini 2 yilga terma jamoa o‘yinlaridan chetlatishi mumkin, deya xabar beradi AS.
Agar diskvalifikatsiya kuchga kirgan taqdirda Messi Argentina hamda Kolumbiya mezbonlik qiladigan Kopa Amerika—2020 musobaqasi bilan bir qatorda Jahon Chempionati—2022 ning saralash uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradi.
KONMEBOL qoidalariga ko‘ra, tashkilot yoki uning vakillarini haqorat qilish taqiqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Messi Kopa Amerika—2019 musobaqasining 3-o‘rni uchun kechgan Chiliga qarshi o‘yinda qizil kartocha bilan jazolanib, maydondan chetlatilgandi. Shundan so‘ng u tashkilotni korrupsiyada ayblagandi.
Tashkilotga ko‘ra, Messining so‘zlari musobaqaga bo‘lgan hurmatsizlikdan dalolat beradi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)