Argentina terma jamoasi Kopa Amerika—2019 musobaqasining 3-o‘rni uchun bo‘lib o‘tgan bahsda Chilini mag‘lub etdi (2:1).
Uchrashuvning 37-daqiqasida argentinalik hujumchi Lionel Messi va Chili yarim himoyachisi Gari Medel o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Ular bir-birining ko‘kragiga bir necha bor urdi. O‘yinni boshqarib borayotgan paragvaylik hakam Mario Dias de Vivar futbolchilarga to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi va VAR’dagilar bilan maslahatlashib, qarorini tasdiqladi.
Bu Messining karyerasidagi ikkinchi qizil kartochka hisoblanadi. U ilk bor 2005-yilda terma jamoa safida Vengriyaga qarshi debyut o‘yinida qizil kartochka bilan jazolangandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!