2019-yil 2-chorak natijalariga ko‘ra, bankomatlar orqali konvertatsiya qilingan jami pul miqdori 4,5 mln dollarni tashkil etdi, bu haqda YaUPM ma’lumotlariga tayanib Spot xabar qiladi.
Ushbu ko‘rsatkich 2019-yil 1-chorakda qayd etilgan 2,4 mln dollarga nisbatan 88,1 foizga yuqori ko‘rsatkichni namoyon etdi.
Diebold Nixdorf Cineo, GRG va NCR rusumidagi bankomatlar 24/7 tartibida (online) xizmat ko‘rsatib, “AQSh dollari va yevro chet el valyutasini konvertatsiyalash” hamda “Naqd pul bilan plastik kartalarni to‘ldirish” funksiyalarini amalga oshiradi.
Ko‘rsatkichlarni taqqoslash natijasida, 2019-yil 2-chorakda chet el valyutasi konvertatsiyasi asosan Qishloq qurilish bank, Orient Finans Bank, Asia Alliance Bank, Agro Bank, Xalq Banki bankomatlarida amalga oshirildi.
Izoh (0)