• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent IIBB avtomobillarning ko‘p qavatli uylar hovlilariga kirishini taqiqlash mavzusidagi so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi

    2019-yilning 11-iyun kuni Toshkent shahar IIBB o‘z sahifalari va Telegram-kanalida “Kim ko‘pqavatli uylar hovlilariga avtomobillar kirishi va qoldirilishi taqiqlanishi tarafdori?” so‘rovnovasini boshlagan edi. Facebook’da 42% foydalanuvchilar (1600 kishi) fikrni qo‘llab-quvvatlashgan bo‘lishsa, 58% (2200 dan ortiq) kishilar unga qarshi chiqishdi. Telegram’da esa taqiqni 1700 kishi qo‘llab-quvvatlashdi, 1900 kishi esa unga qarshi bo‘lishdi. Bu haqda IIBB xabarida aytiladi.

    Foto: IIBB

    Foto: IIBB

    Sharhlarning soni ham ko‘payib ketdi (umumiy miqdorda ularning soni to‘rt mingdan oshdi). Ba’zilar Toshkent shahar IIBB ushbu taqiqni o‘rnatmoqchi, deya gumon qilishga shoshilishdi. Ammo…

    Sizlarning munozarangiz bizning maqsadimiz edi

    Aslida bizni na so‘rovnoma raqamlari, na taqiq uchun “zamin yaratish” qiziqtirmas edi, ko‘zlangan maqsad MUNOZARA edi. So‘rovnoma yordamida biz bir shaharda istiqomat qiluvchi insonlarni birovning manfaatini hurmat qilishni, o‘zaro kelishishni o‘rgatmoqchi edik. Munozara jamiyatimizning ko‘plab muammolarini namoyon qildi, shaxsiy qulaylik masalasi turganda o‘zgalarning huquqlariga nisbatan “ko‘rlik” ham shular qatorida. Ko‘plab foydalanuvchilar hovlilarda avtomobillar bo‘lishini salbiy tomonlari haqida fikr yuritishdi:

    “Agarda mashina “podyezdga” siqqanda edi, ular xonadonini eshigi yonida ham qoldirib ketar edilar va birovga xalal berishiga tupurgan bo‘lardilar”; “Tungi vaqtdagi signalizatsiyalar jonga tegdi, saharda esa mashinani qizdirishadi, hovli doim avtomoyka holatida”; “Yo‘lni shunchalik to‘sib tashlashadiki, “Tez yordam” va Yong‘in xavfsizligi mashinalari ham o‘ta olishmaydi”; “…mashinalar sababli bolalarga o‘ynash uchun joy yetmaydi”; “Bizning odamlar do‘konga piyoda borishni ham eplolmaydilar! ortiqcha 5 metr yurishga ham erinishadi!”.

    Tatyana Osokina ismli foydalanuvchining hammani birdek bilish noto‘g‘ri ekanligi haqidagi fikr bildirib, tarbiya masalasini ko‘tardi: “Hovliga tinchgina kirib boruvchi haydovchilar ham bor. Axmoqlar ham bor… ogorodimga mashina qo‘yishganida qarshi bo‘lmagan edim. Ammo qo‘shnilarning madaniyatsizligi qarorimni qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi. Odamlar tarbiyasiz va madaniyatsiz bo‘lib ketishdi”.

    Sharhlovchilar yuzlab voqealar bilan o‘rtoqlashishdi, ular qatorida turar-joy hududlarida tezlikni oshirish, kelishmovchiliklar, piyodalarni urib ketish, podyezdlarni to‘sib qo‘yish bilan bog‘liq voqealar bor edi. Har kim o‘ziga begona ko‘z bilan qaray olishi, qo‘shnilarning manfaatlarini ham o‘ylashi muhimdir. Shuning uchun turar-joylar hududlarida avtomobillarni qoldirilishi muammosiga infratuzilmaning yo‘qligi emas, o‘zgalarning huquqlarini mensimaslik olib keladi-yu

    Mashinaga mablag‘ to‘pladi, turargohga to‘lov qilish uchun puliga achinadi

    Avtoturargohlarning yetishmasligi ma’lum, ammo e’tiborli foydalanuvchilar avtoturargoh qurilgan joyda ham haydovchilar bilan muammo yuzaga chiqishini ma’lum qilishdi. Bu nimadan dalolat beradi?

    Misol uchun, Dilya Ergasheva ismli foydalanuvchi quyidagini bayon qildi: “Odamlar turargoh yo‘qligidan nolishadi, boridan esa foydalanishmaydi. Shahardagi turargohlarning yarmi bo‘shab yotipti – qancha pul evaziga xarid qilingan mashinada harakatlanib, avtotrurgoh uchun 100 ming so‘m to‘lashga qizg‘anishadi. “Tekin” so‘zi juda shirin…”

    Xuddi shunday fikrni yana bir nechta foydalanuvchilar bildirishdi. Dilyara Galimova quyidagini ma’lum qildi: “Bizda esa turargoh bor. Baribir hovlilarda qoldirishadi”. Xuddi shu joyda Lora Yurchenko ismli foydalanuvchi: “Bizning kvartalda pullik turargoh bor, qulaylik uchun pul to‘lash kerak deb o‘ylayman. Qo‘riqchi bor, barcha mashinalar to‘siq ostida. Sanoqli kishilar mashinalarni turargohda qoldirishadi. Qolganlar ob-havo sharoitiga, yo‘lni to‘sib qo‘yishlariga, mashinalar yaqinida o‘ynaydigan bolalardan zarar yetishi mumkinligiga qaramasdan mashinalarni pod’ezdlar oldiga qo‘yishadi”. Ushbu mavzuni Munavvar Ozbekova ismli foydalanuvchi davom ettirdi: “…jamiyatimiz uchun bir emas ko‘plab turargohlar tashkillashtirishdi, ammo voqelikda avtomobillar baribir yo‘llar chetida, trotuarlarda qoldirilmoqda». Aksariyat haydovchilarda oddiygina o‘zini tutish madaniyati yo‘q”.

    Munozarada taqiq tarafdorlari ham, unga qarshilar ham fikr bildirishdi. Ammo Komola Yuldasheva ismli foydalanuvchining yondashuvini eng to‘g‘ri deb hisoblaymiz: “TAQIQLASh emas, HAL QILISh kerak!!!”. Taqiqning foyda berishi qiyin. Avvalo, hozirgi infratuzilmaning sharoiti yetarli darajada emas, qolaversa qoidabuzarlikka borishdan qo‘rqmaydiganlar ham bo‘ladi.

    Vaziyatni “borligicha” qoldirib bo‘lmaydi

    Sharhlardagi munozaralar haydovchilarga vaziyatni piyodalar nigohi bilan qarashga, piyodalarga esa – haydovchilar nigohi bilan qarashga imkoniyat yaratdi. Shu bilan birga asosiy bo‘lmish o‘zni tutish madaniyatini oshirish zarurligi muammosi ko‘tarildi. Foydalanuvchilar quyidagilar haqida o‘ylab ko‘rishni taklif qilishdi: “…tarbiyani ustida ishlashga nima deysizlar?”; “O‘zgalarga hurmatsizlik qiladiganlarni jazolash kerak”.

    Sharhlovchilarning aksariyati muammo ularsiz hal etilishini xohlashadi, ammo bizda YPX inspektorlarini har bir hovliga patrullash uchun yuborish imkoniyati yo‘q.

    Muammo endi nima bo‘ladi?

    Siz va biz shahrimizni o‘zimiz barpo etamiz. Hammasi xalqning, mas’uliyatsiz bo‘lmagan va internetda quruq munozaradan ko‘piga yaraydigan fuqarolarning qo‘lida. Bizning kelajagimiz sizning faolligingizga bog‘liq. Biz vaziyatni o‘zgartirishga qaratilgan quyidagi harakatlar yo‘riqnomasini taklif qilamiz:
    1. Avtomobilingizni qoldirgach, chiqib uni ko‘zdan kechiring. Mashina nogironlik aravachasidagi insonga yoki kolyaskalik ayolga pod’ezddan chiqishga xalal bermaydimi? Yoningizdan Yong‘in xavfsizligi xizmati avtomobili o‘tib keta oladimi? Yong‘in xavfsizligi boshqarmasining telegram-kanalini o‘rganib, bugungi kunda shahardagi yong‘inlarning statistikasi bilan tanishib chiqing. Yong‘in o‘chiruvchilar uchun har bir soniya muhimdir. “Tez yordam” shifokorlari uchun ham. Qoldirgan avtomobilingiz tufayli birovning hayotini saqlab qolishni imkoni bo‘lmagan bo‘lsa, buning uchun mas’uliyatni o‘z zimmangizga olishga tayyormisiz?
    2. Qo‘shnilar bilan gaplashib turing. Agar ulardan birortasi muntazam ravishda transportini pod’ezd yonida qoldirib kirish/chiqishni to‘sayotgan bo‘lsa – ular bilan gaplashib oling. Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, profilaktika inspektori va boshqa mutasaddilarni ham taklif qiling. Ulardan qoidabuzar bilan suhbatlashishni iltimos qiling. Ota-ona to‘g‘ri tarbiya bermaganni jamiyat tarbiyalashi zarur. Busiz madaniyatsizlik muhiti o‘zgarmaydi.
    3. Turar-joyingiz hovlisidagi hududda biror avtomobil uzoq vaqtdan buyon qoldirilib, tezkor xizmatlar maxsus transportlariga xalal berishi mumkin bo‘lsa, Toshkent shahar IIBB YHXB navbatchilik qismiga 71-255-10-47 yoki 102 raqami orqali murojaat qilib, YHXB YPX inspektorini yuborishlarini iltimos qiling.
    4. O‘zboshimchalik bilan to‘siqlar o‘rnatmang (beton bloklari, shlagbaumlar va h.k.). Yodingizda bo‘lsin, ular tezkor xizmatlarga xalal berishi mumkin. Agar biror belgi o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, hokimiyat qoshidagi Obodonlashtirish boshqarmasiga murojaat qiling.
    5. Qo‘shnilar bilan hamkorlikda hovlining infratuzilmasini yaxshilang. Huquqiy savodxonlikni oshiring, bolalar maydonchasi, trotuar, to‘siqlar tashkillashtirish uchun qayerga murojaat qilish kerakligini o‘rganing. Hovlidagi tozalik va tartibni nazorat qilib yuring. Ko‘chani yorituvchi lampa kuyib qolganida tegishli joyga murojaat qilishga erinmang. Agar biror haydovchi mashinasini qoldira turib piyodalarning harakatlanishiga xalal berayotganini sezmasa – muammo haqida unga tinchgina tushuntiring. O‘ylaymizki, qoidabuzar haydovchilar atrofdagilarning fikrlariga quloq tutib mas’uliyatni his eta boshlaydilar.
    6. Piyoda harakatlanish madaniyatini tatbiq etishda ibrat bo‘ling. Ba’zida do‘kongacha kilometr masofani bosib o‘tish afzal. Sog‘lig‘ingizga ham foyda. Atrof-muhit uchun ham yaxshi. Chunki siz o‘z farzandlaringizni o‘z misolingizda yaxshi odatlarga o‘rgata boshlaysiz.
    Biz bu shaharni siz bilan birga o‘zgartiramiz. Faol fuqarolik pozitsiyangizni ko‘rsatib yuring, o‘zgarishlar uchun ko‘proq harakat qiling – internetdagi sharhlardan ko‘ra bularning foydasi ko‘proq bo‘ladi.

    03.07.2019, 18:28   Izoh (0)   23301
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqanddagi Universitet xiyoboni daraxtlari pasportlashtirilmoqda

    03.07.2019, 18:18

    4-iyul kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutiladi?

    03.07.2019, 18:15

    Putin AQSh bilan raketa shartnomasini to‘xtatish haqidagi qonunni imzoladi

    03.07.2019, 18:02

    Zafar Hoshimov: Korzinka.uz QQS to‘lamaydigan fermer xo‘jaligidan mahsulot sotib olmaydi

    03.07.2019, 17:51

    Erkinjon Turdimov: Viloyat hokimi bo‘lishimga qaramasdan sud faoliyatiga aralashishga haqqim yo‘q

    03.07.2019, 17:40

    Buxoro shahridagi yong‘in yangi turar-joy binosida emas, chiqindixonada sodir bo‘lgan

    03.07.2019, 17:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qo‘qonda 120 ming dollar qalbaki kupyuralarni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 09:15

    Oq uyda ishlagan, Oksfordni bitirgan, ilmiy daraja olgan: Gollivudning eng aqlli aktyorlari

    Kino | 13 avgust, 09:10

    “Ukraina kelajakdagi urush uchun Rossiyaga tayanch bo‘ladigan hududlarini bermaydi” — Zelenskiy

    Dunyo | 13 avgust, 09:07

    Markaziy bank ikki oyda 23 ta bankni jarimaga tortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 08:48

    Janubiy Koreya sobiq prezidenti rafiqasi hibsga olindi

    Dunyo | 13 avgust, 08:30

    Olimlar kuyish va yaralarni davolash uchun “suyuq” teri yaratdi

    Dunyo | 13 avgust, 00:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.