• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoro shahridagi yong‘in yangi turar-joy binosida emas, chiqindixonada sodir bo‘lgan

    28-iyun kuni Telegram’dagi “Podslushano v Buxare” kanalida Buxoro shahrining 6-dahasida joylashgan yangi uylardan birida yong‘in chiqqani haqida xabar berilgandi.

    Kadr: Telegram

    Kadr: Telegram

    Favqulodda vaziyatlar vazirligi Buxoro viloyat YoXB kuch vositalarini boshqarish markaziy guruhi boshlig‘i, kapitan Rustam Ro‘ziyevning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, yong‘in aslida Buxoro shahridagi Turdi Farog‘iy ko‘chasidagi qarovsiz bo‘lgan chiqindi to‘plangan joyda sodir bo‘lgan. Yong‘in o‘z vaqtida va zudlik bilan bir necha daqiqalarda bartaraf etilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Chiqindilar yengil yonuvchi tashlandiq mahsulotlardan iborat bo‘lgani uchun olov gurkirab, tutun tarqatgan. Jarohat olganlar, yoki talofat ko‘rgan xonadonlar yo‘q, — dedi Rustam Ro‘ziyev.

    Holat joyida borib o‘rganilganda, Turdi Farog‘iy ko‘chasida yangi turar joy binolari hamda maktabgacha ta’lim muassasasi barpo etilayotgani, yong‘in esa qurilish obyektini ajratib turuvchi tunuka to‘siqlar bilan o‘ralgan chiqindi to‘plangan joyda sodir bo‘lgani aniqlandi. Shahar markazidagi qarovsiz va obodonlashtirishga muhtoj manzilda “Shahzoda mebel”, “Fayz mebel”, “Muzaffar fayz” mebel ishlab chiqarish korxonalari hamda “Proform plus” sport klubi joylashgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hududning pana va qarovsiz manzilida joylashgan chiqindixona yonida “Muzaffar fayz” mebel ishlab chiqarish korxonasidan chiqqan qurilish chiqindilari o‘zboshimchalik bilan to‘plab borilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — “Istiqlol” mahallamizda 22 ta ko‘p qavatli uy mavjud bo‘lib, 4062 nafar aholi yashaydi. Qurilishi bitkazilmagan uylar ham 20 ga yaqin. Biroq 2 ta chiqindixona bor. Shulardan biri hududdagi “Muzaffar Fayz” mas’uliyati cheklangan jamiyatning shundoq ortida. Rahbariyatiga bir necha bor murojaat etishimizga qaramay, chiqindilar axlat qutilarga emas, uning shundoq yaqinida o‘zboshimchalik bilan to‘plab borilgan. “Korxona chiqindilariyu maishiy chiqindilar o‘zlaringizniki, yig‘ishtirib olinglar, uning yoqimsiz hidi uygacha kiradi” deya ko‘p bor bildirganmiz, — dedi Turdi Farog‘iy ko‘chasi, 73-uyda yashovchi fuqaro Muattar Yo‘ldosheva.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shuncha chiqindilar to‘planib, aholiga nohushlik kayfiyatini uyg‘otar ekan, nega “Maxsus avtoxo‘jalik” mas’uliyati cheklangan jamiyati e’tiborsiz, degan savol tug‘ildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, “Muzaffar Fayz” mas’uliyati cheklangan jamiyati, aslida “Maxsus avtoxo‘jalik”ga qarashli ekan. “Daryo” muxbiri savollariga Buxoro shahridagi “Maxsus avtoxo‘jalik” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Alisher Nazarov chiqindilar mebel ishlab chiqaruvchilariga tegishli bo‘lmaganini aytdi.

    — U yerdagi chiqindi “Muzaffar Fayz”ga tegishli bo‘lmagan. Shaharda kesilgan daraxt shox-shabbalari edi. “Maxsus avtoxo‘jalik” hisobida 150 ta mashina bor. Vazirlar Mahkamasining 787-sonli qaroriga ko‘ra, “Maxsus avtoxo‘jalik” avtomashinalari faqatgina maishiy chiqindilarni oladi. Qurilish mollari yoki hashaklarni shartnoma asosida olamiz. Ushbu bo‘yicha qarorda to‘liq yozib qo‘yilgan. Savolingiz bo‘lsa, xat bilan chiqing. Holatga oid suratlar bor. Qo‘l telefonim oddiy. Surat kerak bo‘lsa, yozma ravishda bildiring, — deydi Alisher Nazarov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    28-iyun kuni tungi soat 00:20 larda yong‘in, aynan, chiqindixonada emas, uning yonida o‘zboshimchalik bilan uyumlab kelingan joyda sodir bo‘lgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — “Maxsus avtoxo‘jalik” rahbari noto‘g‘ri gapirgan. Aynan shu manzilda “Muzaffar Fayz”ga tegishli chiqindilar axlat uyumiga aylanib, to‘planib qolgan. U manzilda hech qanday daraxt yo‘q. Demak, shox-shabbalar ham. Axlat uyumi qurilish materiallari chiqindilaridan iborat bo‘lgan. Biz shaxsan Alisher Nazarovning o‘zini “Muzaffar Fayz” mas’uliyati cheklangan jamiyati chiqindilari shundoq chiqindixona yonida to‘planib borayotgani, bu aholiga nohushlik tug‘dirib, atrof-muhitning ham yanada noobodligini ta’minlashga ta’sir ko‘rsatayotgani haqida ko‘p bor bildirganmiz. Hatto “Chorasini ko‘rmasangiz, yuqori tashkilotga murojaat etishga majbur bo‘lamiz”, deganmiz. Necha marotaba ogohlantirilishiga qaramay, tozalashmaydi, e’tibor qaratishmaydi, — 47-sonli “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Zebo Zohidova.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Hudud profilaktika inspektori ham mahalla raisi fikrini tasdiqlab, aynan mahalladagi shu hudud og‘riqli nuqta ekanligini ta’kidladi.

    Chiqindixona pana joyda bo‘lgani uchun axlat qutilaridan ham axlatlar o‘z vaqtida olinmagan. Atrof-muhitning yanada ifloslanishiga ta’sir ko‘rsatgan. Shuningdek, qurilish ishlari davom etayotgani uchun hudud ancha-muncha obodonlashtirishga muhtoj. Achinarli ahvolda.

    03.07.2019, 17:00   Izoh (0)   12809
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi qabul qilindi

    03.07.2019, 16:40

    “Daryo” musahhih va jurnalistlarni ishga oladi

    03.07.2019, 16:31

    O‘zbekistonda sud va tergovdan qochib yurgan 8 nafar shaxs ushlandi

    03.07.2019, 16:25

    “Agar sog‘ bo‘lmasang hech kimga kerak emassan”. Qashqadaryolik jurnalist ayol yaxshilar ko‘magiga muhtoj

    03.07.2019, 16:10

    IIBB Qo‘yliq bozoridagi “samosud”ga izoh berdi

    03.07.2019, 15:59

    Qashqadaryoda 99 mln so‘mni o‘zlashtirgan tadbirkor qo‘lga olindi

    03.07.2019, 15:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.