Andijonda 27-iyun kuni soat 00:45 larda teplovoz 58 yoshli E.A.ning oyoqlarini bosib ketdi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi “Daryo”ga ma’lum qildi.
Hodisa Andijon-2 temir yo‘l bekatining 183-kilometri 6-piketi 7-yo‘lida mashinist ChMZ-5928-sonli manyovr teplovozida bo‘sh vagonlarni saralayotganda ro‘y bergan. Bu vaqtda shahrixonlik fuqaro E.A. mast holatda temir yo‘l relslari ustiga oyog‘ini qo‘yib yotgan bo‘lgan.
Natijada fuqaro E.A.ning ikkala oyoq tizzasi tepa qismidan kesilgan. Bemor respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga joylashtirilgan bo‘lib, unga “travmatik, ikki oyoq tizzasidan tepa qismidan temir yo‘l ta’siri ostida kesilishi” tashxisi qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi fuqarolardan temir yo‘l xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlarini so‘rab qoladi.
Izoh (0)