Samarqand shahrining Gagarin ko‘chasi, 7-umumta’lim maktabi yonida “Ijtimoiy do‘kon” o‘z ishini boshladi. Bu haqda Zarnews ma’lumot beradi.
Samarqanddagi bir guruh faollar yordamida tashkil etilgan do‘konga istovchilar turli buyumlar, kiyim-kechaklarni olib kelib bermoqda. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda oldindan xabar joylandi. Ushbu kiyim-kechaklar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga tarqatilishi rejalashtirilgan. Har kuni soat 17:00 dan 19:00 gacha bo‘lgan vaqt davomida ijtimoiy do‘kon ochiq bo‘lib, muhtoj kishilar o‘zlariga zarur kiyim-kechaklarni olib ketishi mumkin.
Tashabbuskorlarning mahalla faollari ko‘makka muhtoj aholini ushbu do‘konga jo‘natishlari mumkinligini ijtimoiy tarmoqlar, xususan, Facebook’dagi “Samarqand va samarqandliklar” guruhi orqali ma’lum qilingan.
Izoh (0)