Gruziyalik qo‘shiqchi Nino Katamadze Rossiyada konsert berishdan bosh tortgani haqidagi postini Facebook’dagi sahifasidan o‘chirib tashladi, deb xabar beradi “RBK”.
Hozirda qo‘shiqchi tomonidan ijtimoiy tarmoqda qoldirilgan so‘nggi xabar 29-iyun sanasiga to‘g‘ri keladi.
30-iyun kuni Nino Rossiya—Gruziya o‘rtasidagi ziddiyatli munosabatlar sabab endilikda Rossiyada konsert bermasligini yozib qoldirgan. Uning ta’kidlashicha, Moskvada o‘tkaziladigan “Usadba Jazz” festivali Rossiyadagi so‘nggi chiqishi bo‘lib qoladi.
Izoh (0)