Futbol bo‘yicha Kopa Amerika—2019 musobaqasining 1/4 finali doirasida dastlabki 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Musobaqaga mezbonlik qilayotgan Tite qo‘l ostidagi Braziliya terma jamoasi Paragvayni sinovdan o‘tkazadi. Bellashuv soat 05:30 da start oladi. Ma’lumot uchun, Braziliya termasi guruhdagi so‘nggi o‘yinda Peru darvozasiga javobsiz 5 ta gol urgan bo‘lsa (5:0), paragvayliklar Kolumbiyaga kichik hisobda imkoniyatni boy bergandi (0:1).
Leo Messi yetakchiligidagi Argentina terma jamoasi Venesuela termasi bilan bahsga kirishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, argentinaliklar guruh bosqichining 3-turida Qatar termasini mag‘lubiyatga uchratgandi (2:0). Venesuela esa Boliviyani 3:1 hisobida yutgandi.
Kopa Amerika—2019
1/4 final bahslari
28-iyun, juma
Braziliya—Paragvay 05:30
Venesuela—Argentina 00:00
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)