“Issiqko‘l” xalqaro aeroporti Toshkentdan uchib kelgan birinchi yo‘lovchilarni qabul qildi, bu haqda “Manas” xalqaro aeroporti matbuot xizmatiga asosan Sputnik xabar qiladi.
Xabarda aytilishicha, 27-iyun kuni aeroportda Toshkentdan kelgan birinchi charter reys tantanali ravishda kutib olindi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga qarashli Airbus A320 samolyotida 133 yo‘lovchi olib kelindi.
Aviaqatnov muntazam bo‘ladi: reys 27-iyundan 6-sentabrgacha har payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Izoh (0)