23-iyun kuni AQShning Kaliforniya shtatida 10 oylik go‘dakning miyasiga o‘q uzildi. Sababi uning onasi qotilning uchrashuv haqidagi taklifini rad etgan. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.
Politsiyaning xabar berishicha, go‘dak kasalxonaga keltirilgan va miyasidan o‘q zarrachalarini olib tashlash uchun operatsiya qilingan. U hozirda juda qaltis, ammo barqaror holatda.
Gumon qilingan otishma Fresno shahridagi bir uyda sodir bo‘ldi. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, erkak chaqaloqning onasini qo‘lidan ushlashga harakat qilgan, ammo u buni rad etgan.
Keyinroq ayol bolasi va erkak do‘sti bilan uydan chiqqan. Ular ketgach, gumondor 23 yoshli Marko Antonio Echartea mashinaga o‘q otishga kirishgan.
“U yaqinlashganda qurolni chiqarib, haydovchining yon oynasiga uch marta o‘q uzdi”, — deydi politsiya.
“O‘qning biri onasi ko‘tarib o‘tirgan chaqaloqqa tekkan”, — davom etdi u.
Politsiya gumondorni uyning yaqinida topdi va qotillikka uch marta uringanlikda gumon qilib, hibsga oldi.
Bundan tashqari, u shu yilning may oyidan buyon qidiruvda bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Qidiruvning sabablari oshkor qilinmadi.
Izoh (0)