• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Xitoy yadro quroliga qanday ega bo‘lgan? Bunda SSSRning yordami qanday bo‘lgan edi?

    Ikkinchi jahon urushi tugagandan keyin Xitoy birmuncha vaqt qanday tuzumda ketishi aniq bo‘lmagan holda yashadi. Mamlakat g‘arbida uyg‘urlar o‘z davlatini e’lon qilgan, Tibet mustaqil boshqaruvga ega, mamlakat shimolida Mo‘g‘uliston bilan chegaralar aniq emas. Mamlakat shimoliy-sharqiy tomoni sovet qo‘shinlari nazoratida, Xitoy dengiziga tutash sharqiy sohillarda esa AQSh, Buyuk Britaniya qo‘shinlari bor. Ana shunday vaziyatda Xitoy qanday yo‘l tutib, yadroviy qurolga ega bo‘lgani haqida “RIA Novosti” hikoya qiladi.

    Foto: “Atomic-Energi.ru”

    Hamma o‘ziga ittifoqdosh qidiradi, hamma o‘zining tuzumini tiqishtiradi. Ana shunday holatda Xitoyda fuqarolar urushi boshlanib ketdi. Moskva qo‘lloviga hamda sovet armiyasiga tayangan Mao Szedun hokimiyat uchun kurashda g‘alaba qozondi va mamlakatning sotsialistik rivojlanish yo‘lidan ketishini e’lon qildi. Bunga minnatdorlik sifatida esa SSSR sobiq Xitoy Respublikasining BMTdagi o‘rnini qaytadan Mao Szedun boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasiga olib berdi. Chunki Xitoy Respublikasi yiqitilib, o‘rniga Mao Szedun hokimiyat tepasiga kelganda AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya Xitoyni BMT doimiy a’zoligidan o‘chirishni kun tartibiga olib chiqqan edi. Ularni bu ishdan SSSR qaytarib qoldi va shu tariqa Xitoy BMTdagi o‘rnini saqlab qoldi.

    Shu tariqa, Ikkinchi jahon urushidan avval Yaponiya tomonidan bosib olinib, nazorat qilingan va uning kichik armiyasi qo‘lida o‘yinchoq bo‘lgan Xitoy nihoyat SSSR yordamida Yer shari taqdirini hal qilishga mas’ul besh davlatdan biri sifatida BMT doimiy a’zolik sifatidagi o‘z o‘rnini saqlab qoldi.

    Xitoy sotsialistik tuzumda yashar ekan, unga o‘z sanoatini, qishloq xo‘jaligini tiklashda, rivojlantirishda SSSRning yordami katta bo‘ldi. Ayniqsa Stalin vafotigacha Xitoy sobiq Ittifoqdan misli ko‘rilmagan yordam oldi. O‘rtada Xrushchyov paytida biroz sovuqchilik tushdi. Ammo Brejnev hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng o‘zaro aloqalar yana rivojlandi. 1995-yilgacha Xitoy texnikasi, avtomobillar, poyezdlar, samolyotlar, harbiy texnika, kemalar SSSRdagi texnika bilan juda o‘xshash edi. Chunki aksariyat texnika ishlab chiqariladigan zavodlarni SSSR qurib bergan va o‘zida ishlab chiqarilayotgan modellar nusxasini bergan edi.

    Bu orada SSSRning Xitoyga yana bir xizmati, unga yadro qurolini bermagan bo‘lsa ham, yadro quroli yaratishda ko‘rsatgan yordami, xizmatidir. SSSR yordamida Xitoy o‘z yadro-fizika va atom energetikasini rivojlantirib, yadro quroliga ega bo‘lgan.

    Quyida Xitoy qanday qilib yadro quroliga ega bo‘lgani haqida so‘z boradi.

    1955-yil 15-yanvar kuni Xitoy rahbariyati AQShning yadro qurolini ishlatish bilan qilgan po‘pisasiga javoban o‘zining yadro qurolini yaratish dasturi haqidagi tarixiy qarorni qabul qildi.

    Mao Szedun.

    Mao Szedun.
    Foto: Wikipedia

    Aslida Xitoy harbiy-siyosiy rahbariyati mamlakatda ham tinchlik maqsadlarida yadrodan foydalanish, ham yadro qurolini yaratish dasturini Xitoy Xalq Respublikasi tuzilgan ilk yillardayoq qabul qilgan edi.

    O‘shanda Xitoy hukumati xorijda o‘z ilmiy ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan yuzlab xitoylik olimlarni mamlakat rivoji uchun qaytargan va shu soha mutaxassislarini yadro quroli yaratishga jalb qilgandi.

    Ulardan biri uzoq yillar Parij universitetida Frederik Julio-Kyuri rahbarligida ilmiy izlanishlar olib borgan pekinlik aspirant Syan Senchjyan edi. Fransiyada o‘z dissertatsiyani yoqlagan Senchjyan 1948-yilda Xitoyga qaytib keldi.

    1950-yilda u Xitoy Fanlar akademiyasi qoshidagi Zamonaviy fizika institutiga direktor etib tayinlandi.

    Xitoyning 1951-yilda qabul qilingan birinchi yadro dasturi yadrodan tinch maqsadlarda foydalanishni ko‘zda tutardi. Ammo o‘shanda xitoylik olimlar yashirincha yadro quroli va uni tashuvchi raketa yaratish ustida ham ish olib borgan edi. Bu uchun yetarlicha ilmiy asos va moddiy-texnik bazaning yetarli bo‘lmagani, mutaxassislar yetishmagani ishlarning olg‘a siljishiga to‘sqinlik qilgan.

    1954-yilda Xitoy kommunistik partiyasi raisi Mao Szedun Sovet Ittifoqi kommunistik partiyasi birinchi kotibi Nikita Xrushchyovga atom bomba yaratish sirlarini Xitoyga berishni iltimos qilib murojaat qildi. Xrushchyov bu iltimosni rad etdi va Mao Szedunga yadro qurolini yaratish uchun Xitoyga ilmiy-sanoat bazasi kerakligini va bu uchun juda katta mablag‘ sarflanishi lozimligini, Xitoy hozirgi holatida u ishlarni qila olmasligini tushuntirib, faqat atomdan tinch maqsadlarda foydalanish uchun yordam berishi mumkinligini bildirdi. Biroz o‘tib SSSR Xitoyga yordam masalasida fikrini o‘zgartirdi va Xitoyga yordam berdi.

    Nikita Xrushchyov.

    Nikita Xrushchyov.
    Foto: “Novaya gazeta”

    Bu paytda Xitoyning harbiy-siyosiy rahbariyati qanday bo‘lmasin, Xitoy yadro quroliga ega bo‘lishi lozim degan bir qarorga kelib bo‘lgan edi.

    1955-yil 15-yanvarda Mao Szedun Xitoy kompartiyasining kengaytirilgan majlisida Xitoy xavfsizligi uchun albatta yadro quroliga ega bo‘lishi lozimligi, bu uchun SSSR bilan muzokaralar olib borilayotgani haqida gapirdi va tegishli mutasaddilarga yadro quroli yaratish uchun lozim bo‘ladigan asoslarni, yopiq poligon uchun joy hozirlashni, ilmiy laborotiyani kengaytirishni buyurdi.

    Mao Szedunning bu topshiriqlaridan bir necha oy avval uning o‘rinbosari Chju De va mudofaa vaziri Pen De Xuay SSSRda, Orenburg yaqinidagi Volgabo‘yi–Ural harbiy okrugiga qarashli Totsk yadro sinovlari poligonida bo‘lib, u yerda yadro quroli sinovini va yadro-fizika ilmiy laborotiyasini ko‘rib qaytgan edi.

    1955-yilning aprel oyida SSSR va Xitoy o‘rtasida ilk marta “Xitoyda yadro fizikasi va atom energetikasi sohalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish” kelishuvi imzolandi.

    1959-yilgacha Xitoy va SSSR o‘rtasida yadro fizikasi va atom energetikasi sohalarida hamkorlik qilish va Xitoy yadro sanoatini rivojlantirish bo‘yicha yana bir necha kelishuvlar imzolandi.

    Ana shunday kelishuvlardan biri 1957-yil 15-oktabrda imzolandi. Bu kelishuvda SSSR tomonidan Xitoyga yadro quroli texnologiyalarini taqdim etish ko‘zda tutilgan edi.

    Shuningdek, ushbu kelishuvga ko‘ra SSSRdan bir guruh atom energetikasi va yadro fizikasi sohalarida ishlayotgan yuqori malakali mutaxassislar Xitoyga borib ilmiy ishlar olib borishlari, shuningdek, xitoylik mutaxassislarni o‘qitishlari ko‘zda tutilgan edi.

    Shundan so‘ng SSSRdan Xitoyga yadro fizikasi va atom energetikasi sohasida yordam berish uchun ko‘plab yetuk mutaxassislar yuborildi. Umuman olganda 1950-yildan 1960-yilgacha o‘n yil oraliqda, SSSRdan Xitoyga yadro fizikasi va atom energetikasini rivojlantirish uchun 10 mingga yaqin yuqori malakali mutaxassislar jo‘natilgan.

    Ularning yordamida Xitoyda yadro sinovlari uchun poligon – Lobnor tanlandi. U Xitoyning shimoliy-g‘arbida joylashgan.

    Lobnor poligoni.

    Lobnor poligoni.
    Foto: “Russian.cr.cn”

    SSSRdan borgan mutaxassislar 1958-yilda Xitoyning birinchi sinov yadro reaktorini yaratdi va uni qattiq suv va siklotronda sinovdan o‘tkazdi.

    SSSRdan borgan mutaxassislar shu yillar oralig‘ida 11 mingdan oshiq xitoylik mutaxassisni yadro fizikasi va atom energetikasi sohasida o‘qitib, ularni yetuk mutaxassisga aylantirdi. Ular orasidan ming nafari SSSRda malaka oshirib qaytdi.

    SSSR va Xitoy o‘rtasidagi yadro fizikasi va atom energetikasi sohasidagi o‘zaro hamkorlik o‘zaro aloqalar ancha sovuqlashgani uchun 50-yillarning oxirida, aniqrog‘i 1959-yilga kelib boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Shundan so‘ng Xrushchyov boshchiligidagi SSSR rahbariyati Xitoyga yadro quroli texnologiyasini bermaslik haqida qaror qabul qildi.

    Shu o‘rinda nega 50-yillar oxiriga borib SSSR va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar boshi berk ko‘chaga kirib qolganiga to‘xtalsak. Ma’lumki Mao Szedun o‘z vaqtida Iosif Stalin bilan juda yaqin do‘stona aloqada bo‘lgan. 1953-yilda Stalin vafot etdi. Hokimiyat uchun kechgan kurashlardan keyin taxtni Nikita Xrushchyov egalladi. Oldiniga ikki yildan oshiq vaqt mobaynida indamay yurgan Xrushchyov SSSR kompartiyasining 1956-yilda o‘tkazilgan syezdida dabdurustdan Stalinni “millionlab insonlarning qoniga cho‘milgan qonxo‘r jallod” deya ta’rifladi. Uning bu gaplari yaqin va uzoq xorijda katta aks-sado berdi. Shundan so‘ng Stalinning yaqin do‘sti bo‘lgan Mao Szedun Xrushchyovdan xafa bo‘lib SSSR bilan aloqalarni sovuqlashtirib boraverdi. Voqealar shunday yakun topdiki, 1960-yilga kelib Xitoy bilan SSSR o‘rtasidagi aloqalar mutlaqo boshi berk ko‘chaga kirib qoldi.

    Shundan so‘ng 1960-yilda Xitoyda yadro fizikasi va atom energetikasi sohasida ishlab, dars berib mutaxassis tayyorlayotgan barcha olimlar, ilmiy xodimlar SSSRga chaqirib olindi. Ammo bu ish Xitoyni o‘z atom bombasini yaratib olishini ortga ham surmadi, to‘sqinlik qila olmadi. Sababi, Xitoyning o‘zida endi yadro fizikasi va atom energetikasi bo‘yicha ko‘plab kuchli mutaxassislar yetishib chiqqan edi.

    1960-yilda mamlakatni sovet olimlari tark etganidan so‘ng Xitoy o‘zining yadro fizikasi va atom energetikasi bo‘yicha Pekin yadro qurollarini ilmiy-tadqiqot qilish institutini ochdi. Uni xufyona “To‘qqizinchi byuro” deb atashar edi.

    1962-yilda Xitoy rahbariyati Sinxay provinsiyasida yadro qurollarini zaryadlantirish zavodini, bu zavodni shartli ravishda “Baza 20” deb nomladi, qurilishini tezroq tugallash haqida qaror chiqardi. Maqsad 1963-yilga mo‘ljallangan yadro quroli sinovini o‘tkazish ishlarini tezlashtirish edi.

    Shuningdek, 1962-yilda Lanchjouda uranni boyitish zavodini qurish jadallik bilan davom ettirildi.

    Ishlar juda shoshilinch va jadallik bilan bajarilayotganiga qaramasdan, Xitoy o‘zining ilk yadro qurolini sinovii 1963-yilda o‘tkaza olmadi.

    1962–1964-yillar oralig‘ida Xitoy birinchi yadro qurolini sinovdan o‘tkazmagan bo‘lsa ham, xitoylik olimlar yadro fizikasi va atom energetikasi sohasida mingdan oshiq turli sinovlar, tadqiqotlarni muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Hatto yadro qurolini modellarini yasadi.

    Qisqacha

    1964-yilda Szyutsyuan atom ishlab chiqarish majmuasida atom bomba uchun barcha zaruriy jihozlar tayorlandi.

    1964-yilning yozida xitoylik mutaxassislar tayyorlagan ilk yadro quroli sinovdan o‘tkazilishi uchun Lobnor poligoniga olib kelindi.

    1964-yilning oktabr oyida Xitoy o‘zining ilk yadro quroli sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. U ochiq atmosferada o‘tkazilgan edi. Ilk yadro quroli boyitilgan uranning uran-235 izotoplari bilan to‘yintirilgan edi.

    Ilk sinov tariqasida portlatilgan yadro qurolining massasi 1550 kilogrammga yetdi. Portlash kuchi esa 22 kilotonnani tashkil etdi.

    O‘shanda Xitoy tomoni ilk yadro qurolining sinovi uchun qancha mablag‘ sarflanganini oshkor etmadi. Ammo g‘arblik mutaxasislar o‘sha sinov uchun Xitoy kamida 4 milliard dollardan oshiqroq mablag‘ sarflaganini ma’lum qildi.

    Ushbu muvaffaqiyatli sinov Xitoyni dunyodagi beshinchi yadro quroliga ega darajaga aylantirdi.

    Ilk yadro quroli sinovi ortidan Xitoy rahbariyati “Xitoy yadro qurolini o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yaratayotganini va kelajakda hech qachon hech qaysi davlatga nisbatan birinchi bo‘lib yadro qurolini ishlatmasligi haqida” bayonot berdi.

    1965-yil 14-may kuni Xitoy olimlari atom bombani ilk marta samolyotdan tashlab sinovdan o‘tkazdi. Ushbu sinov ham muvaffaqiyatli o‘tdi.

    1967-yil 17-iyunda esa Xitoy o‘zining birinchi termoyadroli (vodorodli) bombasini sinovdan o‘tkazdi.

    1968-yil 27-dekabrda Xitoy o‘zining ilk plutoniy bilan to‘yintirilgan termoyadro qurolini sinovdan o‘tkazdi.

    1969-yil 23-sentabrda Xitoy ilk marta yadro qurolini yer ostida portlatib sinovdan o‘tkazdi.

    1980-yil 16-oktabrda esa Xitoy ochiq atmosferadagi oxirgi yadro sinovini o‘tkazdi. Undan so‘ng o‘tkazilgan yadro qurollari sinovlari faqat yer ostida o‘tkazildi.

    Xitoy oxirgi yadro quroli sinovini 1996-yil 29-iyulda o‘tkazdi.

    Xitoy yadro qurollarini sinovdan o‘tkazishni boshlagandan buyon umumiy 47 marta yadro qurollarini sinovini o‘tkazgan.

    Undan 23 tasi ochiq atmosferada, 24 tasi yer ostida o‘tkazilgan.

    Uchta sinov 102 metrli maxsus minoralarda o‘tkazilgan.

    Eng yirik yadro quroli sinovida hosil bo‘lgan massa 120 kilotonnani tashkil etgan.

    Barcha sinovlar Xitoyning shimoliy-g‘arbidagi Lobnor poligonida o‘tkazilgan.

    1996-yilda Xitoy yadro qurollarini sinovdan o‘tkazishni to‘xtatganini e’lon qildi.

    O‘sha yili 30-iyulda esa yadro qurollarini sinovdan o‘tkazishni bir tomonlama to‘xtatish haqidagi xalqaro qonunni imzoladi. Ammo uni hanuzgacha ratifikatsiya qilgani yo‘q.

    2007-yilda Xitoy hukumati faoliyatini to‘xtatgan Lobnor poligonini sayyohlar uchun ochib qo‘ydi.

    Ilk yadro qurollari sinovlari o‘tkazilgan Lobnor poligonini umumiy hududi 1100 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Uning qurilishi 1958-yilda boshlangan. Ushbu poligon 1987-yilda yopilgan va 1993-yilda mahalliy hukumatga topshirilgan.

    Foto: “Atomic-Energi.ru”

    Poligonda joylashgan baza shtab binosi 9,3 metr yer ostida qalin betondan tiklangan. Bu yerda o‘ndan oshiq xona bor. Sayyohlar ana shu xonalarga ham kirib ko‘rishi mumkin. U yerda bugungi kunda ham tadqiqot laboratoriyalari, komanda berish xonasi, o‘sha paytda ishlatilgan elektrogeneratorlar, aloqa jihozlari saqlanib qolgan.

    Bazada, shuningdek, muzey ham ochilgan va o‘tgan asrning 60-yillarida foydalanilgan telefon va telegraf apparatlari, kiyim-kechaklar eksponat sifatida qo‘yilgan.

    Bugungi kunda Xitoyda yadro qurollari mavzusi yopiq mavzu hisoblanadi. Xitoy o‘z yadro qurollarining turi va soni haqida, shuningdek, yadro-fizika sohasidagi maxfiy tadqiqotlari haqida hech qanday ma’lumot bermaydi.

    * * *

    Oxirgi yillarda yadro quroliga ega davlatlarning yangi yadro qurollari ustida ish borayotgani haqida turli gap-so‘zlar chiqib turibdi. Ana shunday taxminlar Xitoy haqida ham bildiriladi. Ammo bu gaplarni tasdiqlash imkoni yo‘q. Sababi bu haqda hech kimda hech qanday aniq ma’lumotlar yo‘q.

    24.06.2019, 19:02   Izoh (0)   71058
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Germaniyada ikkita qiruvchi samolyot to‘qnashib ketdi

    24.06.2019, 18:10

    Himolay tog‘larida yetti nafar alpinist jasadi topildi

    24.06.2019, 17:27

    Boris Jonsonning oilaviy janjali Britaniya vaziri lavozimini egallashiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi

    24.06.2019, 16:00

    Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Aris shahri aholisini shafqatsiz bo‘lmaslikka chorlamoqda (video)

    24.06.2019, 15:52

    Kamerundagi YTHda 22 kishi halok bo‘ldi

    24.06.2019, 15:49

    AQSh prezidentligiga yangi nomzod paydo bo‘ldi

    24.06.2019, 15:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.