Islomiy inqilob qo‘riqlash korpusi havo kuchlari qo‘mondoni general Amir Ali Xojizoda eronliklar tomonidan urib tushirilgan amerikalik uchuvchisiz samolyot bilan birga AQShning razvedkachi samolyoti ham uchganini e’lon qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Qo‘mondonning aytishicha, razvedkachi samolyot uchuvchisiz samolyotga juda yaqin bo‘lgan. Eron harbiy kuchlari uni urib tushirishi mumkin edi.
“Lekin biz bunday qilmadik”, — deydi general.
U, shuningdek, uchuvchisiz samolyotni urib tushirish orqali Eron AQSh terroristik kuchlarini ogohlantirganini aytdi.
Izoh (0)