Uzbekistan airways mutasaddilari Kiyev va Simferopolga parvozlarning tiklanishi ehtimoli bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.
“Simferopolga parvozlarni ‘Yevronazorat’ deb ataladigan xalqaro tashkilot shunday aeroport borligini tan olganidan so‘ng tiklashimiz mumkin. Bugungi kunda ularning ro‘yxatida bunday aeroport yo‘q, shu sababli nafaqat biz, balki boshqalar ham u yerga ucha olmaymiz”, — dedi kompaniya bosh direktori o‘rinbosari Alijon Almamedov.
Tijoriy departament direktori Shuhrat Xudoyqulovga ko‘ra, Kiyevga parvozlarni charter reyslari hisobiga ko‘paytirish mumkin.
“Hozirda bir sayyohlik kompaniyasi bilan Kiyevga charter reyslarini amalga oshirish bo‘yicha shartnomaga egamiz. Biz bu masalaga siyosiy emas, tijoriy nuqtai nazardan qaraymiz. Birinchi uchta charter reysi to‘lmagani uchun bekor qilindi. Bu yo‘nalish yana ommalashganidan so‘ng Kiyevga muntazam parvozlari haqida o‘ylash mumkin”, — dedi u.
Ma’lumot uchun, oldinlari Milliy aviakompaniya Simferopolga haftasiga 5, Kiyevga esa ikki marotaba parvozlarni amalga oshirardi.
Izoh (0)