“Sanoatqurilishbank” va “Omonatbank” (Tojikiston) Toshkentda 10 million dollar miqdoridagi kredit kelishuvini imzoladi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
O‘zbekiston banki boshqaruvi raisi Aziz Vohidov va “Omonatbank” rahbari Sirojiddin Ikromiy hisob raqamlari ochish haqidagi shartnomani imzolagan.
Mazkur kelishuvda “Omonatbank” vositachi vazifasini o‘taydi va mazkur mablag‘larni O‘zbekiston mahsulotlarini sotib olish uchun ishlatadigan tojik kompaniyalarini moliyalashtiradi. Shundan so‘ng kompaniyalar “Omonatbank”ka kredit to‘laydi, bank esa O‘zbekiston tomoniga pullarni qaytaradi.
Shuningdek, Ikromiy Milliy bank boshqaruvi raisi Alisher Mirsoatov bilan savdo moliyalashtiruvi bo‘yicha kredit kelishuviga erishgani bildirilmoqda.
Izoh (0)