Sergelining “Choshtepa” mahallasida baxtsiz hodisa yuz berdi — yangi qurilib, foydalanishga topshirilgan mavzedagi ko‘p qavatli uylardan birining 4-qavati balkonidan 2 yoshli bola tushib ketdi, deb yozmoqda “Darakchi”.
Bu vaqtda bolaning onasi uyda bo‘lmagan. Otasi esa uyda mehmon kutayotib, bolaga e’tibor bermagan. Yugurib, o‘ynab yurgan bola to‘satdan ochiq balkondan, temir panjaralar orasidan tushib ketgan. U shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgan.
Fevral oyida Toshkentning Olmazor tumanida uch yoshli bola uchinchi qavatdagi xonadon balkonidan tushib ketib, tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)