• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Senatorlar “Turizm to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririni ma’qulladi

    Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisi “Turizm to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri muhokamasidan boshlandi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Hujjat turistik faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning huquqiy va institutsional bazasini shakllantirish, milliy turistik mahsulotni ichki va jahon bozorlarida tanitishga ko‘maklashish, sayohat industriyasini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ishlab chiqildi.Qonunda mazkur sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab beriladi.

    Turizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, soliq va bojxona imtiyozlarini belgilash, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, turistik zonalar va turistik klasterlarning rivojlantirilishini rag‘batlantirish kabi yo‘nalishlar shular jumlasidandir.

    Bu sohada Vazirlar Mahkamasi vakolatlariga yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, davlat dasturlarini ishlab chiqish va uni ro‘yobga chiqarishni muvofiqlashtirish, turistik zonalar, turistik klasterlarni tashkil etish va ularda turizm sohasi subyektlari faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilash, xizmatlarni sertifikatlashtirish, turistlar va ekskursantlarni sug‘urta qilish, ularga tibbiy, huquqiy hamda boshqa turdagi yordam ko‘rsatish tartibini belgilash, budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilash, turizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilish va turizmni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha idoralararo hamkorlikni muvofiqlashtirish, mehmonxona xizmatlarini, turoperatorlar va turagentlar xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash kabi vazifalar kiradi.

    Qonun normalarida turizm sohasi subyektlarining huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini hamda xavfsizligini himoya qilish ustuvorligi, turizmni barqaror rivojlantirish va buning uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, turizm sohasida tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va raqobatni rivojlantirish, turizm sohasida oshkoralik va ochiqlik kabi asosiy prinsiplar belgilanmoqda.

    Bundan tashqari, Qonunda xalqaro va ichki turizm shakllari, shuningdek madaniy-tarixiy, ziyorat, ekologik, ma’rifiy, etnografik, gastronomik, ishbilarmonlik, ijtimoiy, sport, tibbiy, yoshlar turizmi, agroturizm kabi sayohat turlari mustahkamlanmoqda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va nodavlat notijorat tashkilotlarining turizm sohasi tadbirlaridagi ishtiroki mexanizmlari belgilanmoqda, ular turizmni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, jamoatchilik nazorati, bu sohada takliflar kiritish, davlat organlari va tashkilotlar bilan hamkorlik qilishdan iborat.

    Ushbu hajjat mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog‘i sifatida turizmni rivojlantirishga, pirovardida aholi turmush darajasi va sifatini oshirishga ko‘maklashishi qayd etildi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

    21.06.2019, 14:59   Izoh (0)   17983
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Prezident Bosh vazir o‘rinbosarlari haqida: Hammasi g‘o‘ddayib yuradi, lekin bir ishni qoyillatmaydi

    21.06.2019, 14:49

    Prezident: Avval hokimlarga xorijga chiqish mumkinmas edi. Hozir hech qanday taqiq yo‘q

    21.06.2019, 14:39

    Sergelida ikki yoshli go‘dak 4-qavatdan tushib ketib, halok bo‘ldi

    21.06.2019, 14:15

    Qoraqalpog‘istondagi Ustyurt platosining betakror manzaralari (foto)

    21.06.2019, 14:11

    Prezident Surg‘il neft-gaz loyihasi doirasida 80 million dollar pora olingani haqida gapirdi 

    21.06.2019, 14:07

    Shavkat Mirziyoyev senatorlarga: Galstugingizni yechib, har oy bir tumanga boring

    21.06.2019, 13:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamda sayyohlik kemasi ag‘darilishi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 20 iyul, 00:00

    “Kiyev Moskvaga kelasi hafta muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi” — Zelenskiy

    Dunyo | 19 iyul, 23:40

    “Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda” — Ilhom Aliyev

    Dunyo | 19 iyul, 23:19

    O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 23:00

    Xabi Alonso “Chelsi” yetakchisi Koul Palmerni “Real”ga olib kelmoqchi

    Sport | 19 iyul, 22:57

    Air China aviakompaniyasi Pekindan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 22:55

    Janubiy Koreyada 4 kundan beri yog‘ayotgan yomg‘ir sabab 5 kishi halok bo‘ldi (foto)

    Dunyo | 19 iyul, 22:35

    Latviya minglab rossiyalikni mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 19 iyul, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.