Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida Facebook Messenger ishida uzilishlar kuzatildi. Bu haqda Downdetector servisidagi ma’lumotlarga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, 45 foiz foydalanuvchi yuborilgan xabarlarni qabul qila olmagan, shuningdek, messenjerning 31 foiz foydalanuvchisi aloqa bo‘yicha kuzatilayotgan muammolardan shikoyat qilgan. Bundan tashqari 23 foiz foydalanuvchi mobil dasturga kira olmagan.
Bu kabi uzilishlar haqida asosan AQSh va Buyuk Britaniya aholisi xabar qilmoqda.
Izoh (0)