Buxoro viloyatida 17 ming nafar xotin-qizlar ishga joylashtiriladi. Bundan tashqari, tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturi (VMning 14.06.2019-yildagi 495-son qarori) muhtojlarga vaqtincha yashash uchun uy-joy berishni, mahkumalarni afv etish va boshqalarni nazarda tutadi, bu haqda Norma axborot-huquqiy portali xabar qiladi.
Birinchidan, viloyatdagi 17 000 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta’minlanadi. Buning uchun:
tikuv-trikotaj korxonalariga — 902 nafar;pillachilikka — 6 812 nafar;“ustoz-shogird” tizimi asosida hunarmandchilikka — 2 261 nafar;tomorqachilikka — 2 400 nafarboshqa yo‘nalishlarga — 4 625 nafar xotin-qizlar jalb qilinadi.
Viloyat bo‘yicha jami 316 ta loyihani amalga oshirish va 22 mingdan ortiq ish o‘rni yaratish ko‘zlangan.
Ikkinchidan, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar va nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar va oilalarga nogironlik aravachalari, eshitish moslamalari va boshqa reabilitatsiya vositalari (jami 246 dona) taqdim etiladi. Buning uchun viloyat tumanlari kesimida taqsimlash manzilli dasturi tasdiqlandi.
Uchinchidan, xotin-qizlar tadbirkorligi sohasida mazkur maqsadlarga 6 500 million so‘m bank kreditlari ajratgan holda 168 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilayotir. Shu tariqa 1 059 shaxsning ishga joylashtirilishi ta’minlanadi. Tasdiqlangan manzilli dastur tashabbuskorlarning nomi ko‘rsatilgan ro‘yxati, loyihalarning yo‘nalishi va qiymati, yaratiladigan ish o‘rinlari soni va h.k.ni o‘z ichiga oladi.
To‘rtinchidan, Buxoro viloyatining 7 ta tumanidagi ro‘yxat bo‘yicha ba’zi binolar og‘ir ijtimoiy vaziyatdagi uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj ayollar uchun ijtimoiy turar joylarga qayta ixtisoslashtiriladi. Binolar rekonstruksiya qilingan holda aniq maqsadli kommunal uy-joy fondiga aylantiriladi. Ijtimoiy turar joylar vaqtincha yashash uchun tekin asosda ajratiladi. Vaqtincha yashash uchun talabgorlar viloyat hokimligi ishlab chiqadigan tartib asosida saralab olish yo‘li bilan tanlanadi. Buxoro viloyatida mazkur tajribani o‘rgangan holda 2020—2021-yillarda eksperiment respublikaning boshqa hududlarida davom ettiriladi.
Beshinchidan, Buxoro viloyatidagi JIEBda jazo o‘tayotgan, shuningdek ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilingan xotin-qizlarni kafillik asosida avf etish bo‘yicha takliflar kiritiladi. Tashabbus bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ham davom ettiriladi.
Oltinchidan, huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimida xotin-qizlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha alohida boshqarma viloyatlar va poytaxt ichki ishlar boshqarmalarida uning bo‘limlari bilan tashkil etiladi. Unda xotin-qizlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha inspektor va psixolog shtatlari joriy etiladi.
Yettinchidan, bir oy muddatda notinch oilalar va jinoyatchilikka moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar bilan ishlashda, ular o‘rtasida salbiy holatlarning kelib chiqishi sabablarini bartaraf etish bo‘yicha idoralararo hamkorlikni ta’minlovchi elektron dasturni ishlab chiqib, joriy qilinadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.06.2019-yildan kuchga kirdi.
Izoh (0)