O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, shayxulislom Ollohshukur Poshshozodaning taklifiga binoan Avstriya poytaxti Venada bo‘lib o‘tadigan xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi.
Ushbu yirik anjuman Kavkaz musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Avstriya federal hukumati hamkorligida tashkil etilgan.
Unda islom birdamligi va dinlararo muloqot mavzulari muhokama qilinadi. Ko‘plab davlat va din arboblari, taniqli ulamolar qatnashadi.
Izoh (0)