Turkiyaning Kilis shahrida tintuv davomida Alisher Navoiyning qo‘lyozmasi topildi. Bu haqda “Minbar” xabar bermoqda.
Kilis prokuraturasi ko‘rsatmasiga asosan shaharda tarixiy asarlarni o‘g‘irlovchi va yashirincha saqlovchi shaxslarga qarshi maxsus operatsiya o‘tkazilgan.
Navoiy g‘azallaridan iborat devon Kilis markazida yashovchi kishining uyidagi tintuvda topilgan.
15-asrga taalluqli qo‘lyozma 378 sahifadan iborat bo‘lib, 100 ming dollarga baholanishi kutilmoqda.
Izoh (0)