AQShning Janubiy Karolina shtatida 5 nafar farzandini o‘ldirgan ota o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.
Farzandlarini o‘ldirgach, ota 9 kun ularning jasadini olib yurib, so‘ng axlat qopiga solgan va Alabama shtatidagi yo‘l chetiga tashlab ketgan.
Kichik Timoti Jons qilmishiga turli isbotlar keltirilganda ham hech qanday emotsiya ko‘rsatmadi. Uni bir umrga ozodlikdan mahrum qilishlari ham mumkin edi. Ammo prokurorlar suddan o‘lim jazosini qat’iy talab qildi.
“Agar sud maslahatchilaridan kimdir Jons bunday jazoga loyiqligiga shubha qilsa, u Alabamada tashlab ketgan 5 ta qopdagi jasadlarni eslasin”, — deydi xotinining advokati sudda.
Ammo Jonsning advokati sud maslahatchilaridan rahm qilishlarini so‘ragan.
Jons — besh yil ichida Janubiy Karolinada o‘limga hukm qilingan ikkinchi odam. 2011-yildan buyon mamlakatda hech kim qatl qilinmagan. Shuningdek, o‘limga olib keluvchi ukol dorilar ham mavjud emas.
Xotini uni tashlab ketgach, Jons o‘z hukmini o‘tkazadigan odami yo‘qligini ko‘tara olmadi. U doim xotinining har bir harakatini nazorat qilar edi. Advokatning so‘zlariga ko‘ra, farzandlarining vasiysi bo‘lgan, yiliga 80 ming dollar ishlaydigan kompyuter injeneri onasini sog‘ingan farzandlariga nisbatan vahshiy munosabatda bo‘lgan.
Jons dastlab Naxtan ismli 6 yoshli o‘g‘lini elektr rozetkani buzib qo‘yganini otasiga emas, telefon orqali onasiga aytgani uchun o‘ldirgan. Keyin esa birin-ketin boshqa farzandlarini ham o‘ldirgan.
Izoh (0)