Pol Allenning Microsoft kompaniyasi asoschilaridan biri bo‘lmish Vulcan xolding kompaniyasi dunyoda eng yirik Stratolaunch samolyot tashuvchisi bilan bog‘liq loyihani 400 million dollarga sotmoqchi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Stratolaunch loyihasi samolyot tashuvchisi raketalarni 9,1 ming metr balandlikdan orbitada ishga tushirishga mo‘ljallangan.
Dastlab Stratolaunch Systems venchur aviakosmik kompaniyasi tijorat sun’iy yo‘ldoshlarini quyi orbitaga chiqarishga mo‘ljallangan qanotli Pegasus XL raketasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Kelajakda samolyot bortiga uchtagacha raketa olishi mumkin.
Aprel oyi o‘rtalarida dunyoda eng katta Stratolaunch samolyot tashuvchisi o‘zining ilk parvozini amalga oshirgan edi. Samolyot Kaliforniyadagi Moxave cho‘lidagi poligondan uchgan. Parvoz 5 kilometrdan ortiq balandlikda, soatiga 304 kilometr tezlikda 2,5 soat davom etgan. Birinchi parvozda uchuvchilar samolyotning uchish-texnik xususiyatlarini tekshirgan.
Qayd etilishicha, samolyot narxi unga egalik qilish huquqi, intellektual mulk va loyiha bilan bog‘lik infrastrukturani o‘z ichiga oladi.
Izoh (0)