Markaziy harbiy okrugi poligonida AK-3 va PM-3 qurollaridan otish bo‘yicha Mudofaa vazirligi chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada oliy harbiy o‘quv muassalari, harbiy okruglardan jami 32 jamoa – 195 nafar harbiy xizmatchi ishtirok etdi. Bu haqda “Daryo”ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bahslardan ko‘zlangan asosiy maqsad Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan chempionatga tayyorgarlik ko‘rish va kuchli sportchilarni saralashdan iborat.
Natijalarga ko‘ra PM-3 yo‘nalishidaToshkent harbiy okrugi sharafini himoya qilgan katta leytenant Rustam Javliyev 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. AK-3 yo‘nalishi bo‘yicha ham Toshkent harbiy okrugi mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Unga ko‘ra:
1-o‘rin: Toshkent harbiy okrugi. Mayor Doniyor Jumanov;
2-o‘rin: Toshkent harbiy okrugi. Serjant Xabubulla Saidov;
3-o‘rin: Toshkent harbiy okrugi. Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Jamoliddin Kamolov.
Yakuniy natijalarga ko‘ra umumjamoa hisobida Toshkent harbiy okrugi musobaqa peshqadamiga aylandi.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilan yurti kursantlari hamda Markaziy harbiy okrug jamoasiga nasib etdi.
Izoh (0)