• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12500.01
    • RUB151.96
    • EUR14471.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sherzod Shermatov nufuzli maktablarga bola joylashtirishning antikorrupsion mexanizmiga izoh berdi

    Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov vazirlik taklif etgan nufuzli maktablarga bolani joylashtirishning antikorrupsion mexanizmiga izoh berdi.

    Foto: Xalq ta’limi vazirligi

    Foto: Xalq ta’limi vazirligi

    Har yili “katta” tashkilotlarda ishlaydigan turli-tuman odamlardan Toshkentdagi nufuzli maktablarga bolasini o‘qishga joylashtirish “qattiq iltimos qilingan” qo‘ng‘iroqlar bo‘ladi. Shunday maktablardan birining direktorining ma’lum qilishicha, bultur bunday “qo‘ng‘iroqchilar” soni 100 kishidan oshib ketgan!

    Buning ustiga bolasini shunday nufuzli maktabga joylashtirish uchun ota-onalar o‘rtakashlar va ta’lim tizimining ba’zi nopok xodimlariga hammaga ma’lum bo‘lgan stavkalarda noqonuniy ravishda pul to‘lashgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi so‘rovlarning ko‘rsatishicha, farzandini maktabga joylash uchun respondentlarning aksariyati shu stavkadagi pulni to‘lashgan yoki qurilish materiallari va boshqa narsalarni berishgan.

    Eng yomoni, bundan shu maktab mikrohududida yashasa-da bolasini mazkur maktabga joylay olmagan ota-onalar jabr chekkan. Bu holatda baloga qolgan kim — maktab direktori. Hatto kimdir bolasini pul to‘lamay, bosim o‘tkazib yoki qo‘rqitib, majburlab joylagan bo‘lsa ham, har doim “masalani hal qilish uchun pora olgan” deb direktorini malomat qilishgan.

    Masalan, quyidagi jadvalda Toshkentdagi talab katta bo‘lgan 8 ta maktab ko‘rsatilgan. Ushbu maktablardagi o‘quvchilar soni o‘quvchilar o‘rnidan ikki barobardan ham ko‘p, ya’ni hatto ikki navbatda ham normal o‘quv jarayonini tashkil qilishning imkoni yo‘q. Shu maktablar misolida ko‘rinib turibdiki, o‘tgan yili birinchi sinf o‘quvchilarining 70-90 foizi boshqa mikrohududlardan qabul qilingan, ularning aksariyati “qo‘ng‘iroqchi”larning bolalaridir.

    Foto: Xalq ta’limi vazirligi

    Foto: Xalq ta’limi vazirligi

    Ya’ni shuncha bola turli tashkilotlarning qo‘ng‘iroqlari bilan o‘qishga qabul qilingan. Endi ularning qo‘ng‘iroqlari o‘tmaydi! Endi ushbu maktablarning direktorlari hech kimni o‘z bilganicha o‘qishga qabul qilolmaydi, shuning uchun ularga (bizga ham!) murojaat qilish befoyda. Hamma hujjatlar Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining yagona darcha markazlari orqali topshiriladi.

    Uzoqqa bormasdan internetdan “Toshkentdagi maktab direktori bolani birinchi sinfga qabul qilish uchun pul so‘radi” deb qidirib ko‘ramiz. Chiqqan maqolalarni ochib o‘qiganlarning izohlarini ko‘rib chiqamiz. Buni qarangki, biz aytayotgan gaplarning hammasi qayta-qayta aytilgan ekan.

    Shuning uchun biz o‘tgan yili «...endi maktab direktorlari berilgan imkoniyatlardan foydalanib halol va qonuniy ishlashlari kerak. Poytaxt maktablari boshqa barcha maktablar uchun namuna bo‘lishlari lozim. Bolalarni talab yuqori bo‘lgan ta’lim muassasalariga qabul qilishdagi korrupsiyaga barham berish uchun keyingi yildan boshlab ushbu maktablarga bolalar Adliya vazirligi huzuridagi davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi. Shu tariqa ayrim noinsof rahbarlar va ularning o‘rtakashlarining yuqori talabdan noqonuniy boylik orttirish maqsadida foydalanishiga chek qo‘yish rejalashtirilayapti” deb e’lon qilganmiz.

    Shu bilan birga talab yuqori bo‘lgan maktablarga o‘z brendi bilan maktablar tarmog‘ini tashkil etish huquqi beriladi, bu esa maktablarda joy yetishmasligi va korrupsiya omillarining kamayishiga yordam beradi.

    Yil bo‘yi shunga tayyorgarlik ko‘rildi — jamoatchilikning shikoyat va murojaatlarini, OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi turli xil fikrlarni o‘rgandik, xorijiy mamlakatlarning tajribasini tahlil qildik, bolalarni maktabga qabul qilish tartibining har xil variantlarini ishlab chiqdik, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida ekspertlar va maktab direktorlari bilan ushbu masalani muhokama qildik.

    Turli darajadagi muhokamalardan so‘ng korrupsiya holatlarining oldini olish maqsadida 2019-yil 7-iyunda Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

    Qarorga muvofiq talab yuqori bo‘lgan maktablarga (Toshkent shahridagi 81 ta davlat maktabi) bolalar faqat davlat xizmatlari markazlari yoki Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali (IDXYaP) orqali qabul qilinadi.

    Keling, hozirgi vaziyatni miridan sirigacha ko‘rib chiqamiz va yangi tartib bilan qiyoslaymiz.

    Mikrohududdan tashqari maktablarga bolani joylashtirish

    Hozirgi tartib: ota-onalar bolalarini mikrohududdan tashqaridagi maktabga joylashtirish uchun pora berishga yoki tanish-bilishlarini ishga solishga harakat qilishadi, bu esa sinfdagi o‘quvchilar soni me’yoridan oshib ketishiga olib keladi. Oqibatda, (1) mikrohududdagi bolalar ushbu maktablarda o‘qiy olmaydi, (2) sinflardagi bolalar soni ko‘pligi ta’lim sifatining pasayishiga olib keladi, (3) maktabga qatnashda uzoq yo‘l bosishning surunkali tus olishi bolaning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qiladi. Bu korrupsiya va poraxo‘rlikni keltirib chiqardi.

    Ya’ni ota-onalar bolasini shunday maktablarga joylash uchun pora berishgan yoki nufuzli idoralarda ishlovchi tanish-bilishlaridan foydalanishgan, jumladan, shu maktab mikrohududida yashovchi ota-onalar ham.

    Yangi tartib: hammasi davlat xizmatlari markazlari orqali hal bo‘ladi va maktab direktorlari qabul jarayoniga aralashmaydi: ushbu mikrohududda yashaydigan, ta’lim beriladigan tilni yetarli darajada biladigan yetti yashar bolalar hech qanday qo‘shimcha talablarsiz, bepul o‘qishga qabul qilinadi.

    Kimdir bolasini mikrohududdan tashqaridagi maktabga joylashni xohlasa pora berishiga yoki “qo‘li uzun” tanishlarini ishga solishiga hojat yo‘q.

    Maktabga tushgan mablag‘lar maktabning nufuzi oshishiga hissa qo‘shgan muallimlar jamoasini moddiy rag‘batlantirishga sarflanadi.

    Foydali tomoni: o‘quvchilar maktablarga me’yorida taqsimlanadi, korrupsiya kamayadi, muallimlarni rasman rag‘batlantirish ko‘payadi;

    Ilgari «nufuzli maktab» mikrohududida yashovchi bolalar bu maktabga joylasholmas edi. Endi hamma bolalar o‘z mikrohududidagi maktabda hech qanday to‘sqinliksiz va bepul ta’lim olishi mumkin;

    Bu maktablardagi sinflarda hozirgidek 45-50 o‘quvchi emas, 35 nafargacha o‘quvchi bo‘ladi;

    Direktor “alohida iltimoslar”ni bajarishdan ozod bo‘ladi va hamma o‘quvchilar maktabga davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi;

    Muvaffaqiyatli ishlayotgan direktorlar past koeffitsiyentli maktablarda ta’lim sifatini oshirish uchun “tarmoq maktablari” ochilishidan manfaatdor bo‘ladi.

    Yoshi yetmagan bolani maktabga joylashtirish

    Hozirgi tartib: bolalarni 7 yoshdan maktabga berish belgilangan bo‘lsa-da, ayrim ota-onalar 6 yoshdan berishga harakat qilishadi. Oqibatda o‘qituvchi bunday bola bilan ko‘proq ishlab, butun sinfga kam e’tibor qaratishiga to‘g‘ri keladi, bu esa butun sinfning o‘quv dasturidan ortda qolishiga olib keladi.

    Ota-onalar 6 yashar bolasini nufuzli maktablarga joylash uchun pora berishgan yoki “gapi o‘tadigan” tanish-bilishlaridan foydalanishgan.

    Yangi tartib: bolaga 1-sinfda o‘zidan bir yosh katta bolalar bilan majburan o‘qishdan ko‘ra yana bir yil bog‘chaga yoki nulinchi tayyorlov sinfiga qatnash ancha oson va qulay.

    Agar kimdir 7 yoshga to‘lmagan farzandini maktabga joylashni xohlasa pora berishiga yoki “bitta telefon bilan joylab qo‘yadigan” tanish-bilish izlashiga hojat yo‘q.

    Maktab budjetiga tushadigan mablag‘lar shunday bolalar bilan ko‘proq ishlashiga to‘g‘ri keladigan muallimlarni moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.

    Foydali tomoni: kamroq ota-onalar 7 yoshga to‘lmagan bolalarini maktabga berishga harakat qilishadi.

    Tilni yetarli bilmaydigan bolani maktabga joylashtirish

    Hozirgi tartib: o‘qitiladigan tilni yetarli darajada bilmaydigan bolalarni maktabga berishga harakat qilishadi, natijada ularning moslashishi juda qiyin kechadi, o‘qituvchilar ham ko‘p vaqtini sarflab, bunday bolalar bilan qo‘shimcha ishlashlariga to‘g‘ri keladi. Bu butun sinfning yangi materiallarni o‘zlashtirishini qiyinlashtiradi, shuningdek butun sinfda ta’lim sifati pasayishiga olib keladi.

    Ota-onalar ta’lim beriladigan tilni bilmaydigan bolasini nufuzli maktabga joylash uchun pora berishgan yoki “gapi o‘tadigan” tanishlarini ishga solishgan.

    Yangi tartib: bolaga ona tilida o‘qish oson va qulaydir, bu unga materiallarni oson o‘zlashtirish imkonini berib, o‘ziga, o‘z bilimiga ishonchini orttiradi.

    Foydali tomoni: ota-onalarga bolasi maktab materialini zo‘riqmasdan o‘zlashtirishi uchun uni ona tilida ta’lim beriladigan maktabga berish foydaliroqdir. Chunki ota-onalar uchun bolaning sog‘lig‘i, maktab va hayotda muvaffaqiyatga erishishi hamma narsadan muhimdir.

    Bu yil poytaxtining talab yuqori bo‘lgan 81 ta maktabiga boradigan birinchi sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalariga qulay bo‘lishi uchun qabul davlat xizmatlari markazlari yoki IDXYaP orqali o‘z vaqtida, qulay va shaffof tarzda tashkil etiladi. Yangi tizim keyingi yillardan boshlab mamlakatimizning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi.

    Bu bolalarni pul evaziga 1-sinfga joylashga harakat qiluvchi insofsiz odamlarning urinishlariga chek qo‘yadi. Aksincha, agar ota-onalar yetti yashar farzandini o‘z mikrohududidagi maktabga olib borsa va bola ta’lim beriladigan tilni bilsa hech kimga pul yo biron narsa berish shart emas. U o‘z maktabiga, hatta u talab yuqori bo‘lgan nufuzli maktab bo‘lsa ham asosiy kvota bo‘yicha qabul qilinadi! Holbuki ilgari buning deyarli iloji bo‘lmagan.

    Qo‘shimcha kvota maktabning imkoniyatidan kelib chiqib belgilanadi va (1) mikrohududdan tashqarida yashovchi maktab yoshidagi bolalarga; (2) mikrohudud va uning tashqarisida yashovchi, 1-sentabrgacha 6 yoshga to‘ladigan bolalarga; shuningdek, (3) ta’lim beriladigan tilni yetarlicha bilmaydigan bolalarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Hammasi juda oson, davlat xizmatlari markaziga yoki IDXYaPga murojaat qilasiz, qo‘shimcha kvotada joy bor bo‘lsa pulini to‘lab kvitansiya olasiz va farzandingiz 1-sinfga qabul qilinadi. O‘rtakashlar va poraxo‘rlarga bir tiyin ham bermaysiz!

    Eng muhimi, hech kim ota-onalarni pul to‘lashga majburlamaydi (qo‘shimcha kvota haqida o‘ylamasangiz ham bo‘ladi). Ota-onalar bolasini hech qanday muammosiz, to‘lovsiz yaqin oradagi maktabga joylashi mumkin. U yerda esa ta’lim sifatini oshirish uchun direktorning mas’uliyatini oshirish maqsadida maktab kuzatuv kengashi ishida faol qatnashish mumkin.

    “To‘g‘risini aytganda, hozirgi tizim ta’lim sohasida ishlovchi rahbarlar uchun ancha qulay edi, chunki nazorat qiluvchi va tekshiruvchi har xil organlar va tashkilotlarning ularga tez-tez ishi tushar, kerak bo‘lganda ular ham mazkur tashkilotlardan yordam so‘ray olar edi. Ularga qolsa, hammasi o‘z holicha qolsa ham yaxshi edi”, — deb xulosa qilgan vazir.

    13.06.2019, 13:35   Izoh (0)   15709
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi

    13.06.2019, 13:15

    Davlat tashkilotlarining o‘zbek tilini behurmatlik qilayotgani tanqid qilindi

    13.06.2019, 12:40

    “Yog‘ochning bo‘shini qurt yeydi. Bo‘sh bo‘lmanglar”. Ochilboy Ramatov Toshkent viloyatida yig‘ilish o‘tkazdi

    13.06.2019, 12:05

    IIV ayrim jurnalist va blogerlarni mutasaddilarning so‘zlarini noto‘g‘ri talqin qilganlikda aybladi

    13.06.2019, 11:40

    Xususiy avtomaktablarning haydovchilarni tayyorlash bo‘yicha faoliyati talabga javob beradimi?

    13.06.2019, 11:07

    Uzbekistan Airways’dan koreyalik fuqaroning ming dollarlik chipta haqi undirib berildi

    13.06.2019, 11:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailand Kambodjaning 18 nafar harbiy xizmatchisini asirga oldi

    Dunyo | 29 iyul, 23:55

    Braziliyalik keksa ayol ChatGPT’ni sevib qolganini ma’lum qildi

    Dunyo | 29 iyul, 23:40

    “Isroil G‘azodagi siyosatini o‘zgartirmasa, London sentyabrda Falastinni tan olishga tayyor” — Buyuk Britaniya bosh vaziri

    Dunyo | 29 iyul, 23:25

    UFC reytingi yangilandi: o‘zbekistonlik sportchi Bogdan Guskov 3 pog‘ona yuqoriladi

    Sport | 29 iyul, 23:10

    Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 23:10

    O‘zbekistonda 75 foiz korrupsiyaviy jinoyatlar maishiy shaklda sodir etilayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 22:47

    O‘zbekistonda Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti ochiladi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.