• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Farg‘onadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv iste’mol qilmoqda

    Farg‘onaning Rishton tumanida fuqarolar hali ham iste’molda kavlangan sun’iy hovuzlardan foydalanadi, imkon bo‘lsagina bir haftada uning suvi yangilanadi, bo‘lmasa lichinkalar bosib ketgan suvni qaynatib ehtiyojiga ishlatadi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Rishton tumani markazidan 15 kilometr olisda joylashgan Jalayer mahalla fuqarolari yig‘inida 3700 ortiq fuqarolar istiqomat qiladi. Aholining asosiy mehnat faoliyati dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan bog‘liq. Fuqarolar yig‘inining Yangiobod, Katta yo‘l, Yuqori dasht mahallalarida esa dehqonchilik tugul ichimlik suvi uzoq yillardan buyon muammoligicha qolmoqda. Aholi qish mavsumining qosh-qovog‘iga qarashga majbur. Chunki izg‘irinli kunlar seryog‘in kelgan mavsum mahalliy tilda oq suv, deb ataluvchi suv biroz mo‘l bo‘ladi. Har bir xonadonda suv g‘amlab olish uchun kavlangan mo‘jazgina hovuzlardan chorva va kundalik ehtiyoj uchun ham birdek foydalaniladi. Biroq, qish bu yilgidek quruq kelsa-chi? Ana unda Yangiobod, Katta yo‘l, Yuqori dasht mahallalarida yashovchi fuqarolar uchun haqiqiy sinov kunlari boshlanadi. Ushbu masala yuzasidan rishtonlik bir qancha fuqarolar o‘z fikrini bildirdi.

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Sadirxo‘ja Zokirov,

    Yuqori dasht mahallasi, 84-uy:

    “Xonadonda o‘n jon istiqomat qilamiz. Hovlimizda hovuz kavlab olganmiz. Jaziramada tez bug‘lanishni oldini olish va suv mo‘tadilligini saqlash uchun qirg‘oqlariga tol ekilgan. Qirg‘iziston chegara hududidan Uchko‘prik tumanining Sariqo‘rg‘on qishlog‘iga katta soy o‘qib o‘tadi. Soy suvidan Bag‘dod, Rishton ,Uchko‘prik tumanlari dehqonchilik uchun navbatdan foydalanishadi. Endi tasavvur qilib olavering, har uchala tumanda necha ming gektarlab sug‘oriladigan hududlar bor. Bizga esa, mavsumda suv mo‘l bo‘lsagina mahallamizga arang 10-15 kunda suv navbati tegadi. Shundagina hovuzlarimizga, xonadonimizdagi mavjud yirik idishlarga obi rahmat g‘amlab olamiz”.

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Zokirjon Turdialiyev,

    Yuqori dasht mahallasi, 101-uy:

    “Hovuzlardagi jamg‘arilgan suvlarni atigi uch kun mobaynida bemalol iste’mol qilish mumkin. Undan keyin hovuzlarda turli hasharotlar, lichinkalar paydo bo‘ladi. Boshqa suv manbasi bo‘lmagandan keyin ana shu suvni qaynatib ehtiyojga ishlatishga majburmiz. Kasallik avj olishi, epidemiya tarqalishi ehtimoli hududimizda juda yuqori. Kunlar issisagina soydan suv oqadi. Bu yil ayniqsa, bahor juda qiyin keldi biz uchun. Bahor sovuq kelganligi bois, Sariqo‘rg‘on soy suvi bir oyga kech keldi. Sizga yolg‘on,bizga chin – chorva, iste’mol uchun ehtiyoj u yog‘ida tursin, hatto, ekin-tikin va bog‘larni har bir qatnovi 50-100 mingdan suv tashuvchi mashinalar yordamida sug‘ordik. Vaqt o‘tishi, vaziyat chigallashishi bilan, hammamizga do‘ppi tor kepqoldi. Suv keltiruvchi mashinalarning har bir qatnovining narxi ko‘tarilib ketdi. Eshagidan to‘qimi qimmat tushsa ham, bog‘bonlar bog‘larini saqlab qolish uchun kurashdi”.

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Shuhrat Komiljonov,

    Yuqori dasht mahallasi,126-uy:

    “Uch-to‘rt xo‘jalik bir hovuzdan foydalanamiz. Bolalarga xavfsiz bo‘lishi va chorvadan ihota qilish uchun chetan bilan o‘ralgan.Uch nafar farzandim bor. Ikki nafari hududimizdagi 22-maktabga qatnaydi. Maktabda ham toza ichimlik suvi – artezian bo‘lmagani uchun, har kuni bolalarga yelim idishlarda yoki termoschasiga qaynatilgan suv yoki choy damlab beramiz. Yil-o‘n ikki oy shu zaylda kechadi. Maktabdagi maxsus beton suv sisternasiga esa ishonmayman”.

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Orifjon Qodirov,

    22-maktab direktori:

    “Bilim dargohimizda Yangiobod, Katta yo‘l, Yuqori dasht mahallalaridan qatnovchi 326 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Haqiqatdan ham maktabimizdaartezian- toza ichimlik suvi mavjud emas. Ilgarilari o‘quvchilar baklashkalarda o‘zlariga suv olib kelishar edi. Bola baribir bolada. Bir birlarining suv idishlaridan foydalanishavergach, gepatit kabi yuqumli kasalliklarning tarqalish ehtimoli kuchayib qoldi. Shuning uchun maktab hududiga yelim idishlarni taqiqlab qo‘ydim va tuman sanitariya epidemiologiya nazorat markazidan ruxsat olib,bir ming yetti yuz litrli beton idish tashkil qildik. Bu sisternaga esa suvni sotib olib to‘ldiramiz. Har tugul xavfsizroq. Suvning iste’molga yaroqliligini muntazam nazorat qilamiz. Jalayer mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Yangiobod, Katta yo‘l, Yuqori dasht mahallalarida nafaqat toza ichimlik suvi, balki bir qancha boshqa muammolar ham to‘planib qolgan. Masalan, har uchala mahallaga transport qatnovi qo‘yilmagan. Mobil aloqa vositalari yaxshi ishlamaydi. Qish mavsumida ko‘chalarda yurishning o‘zi muammo. Bolalar maktabga qatnovda qiynalishadi. Nonvoyxona, ustaxona, mahalla guzari umuman yo‘q. Markazga borish uchun uch-to‘rt transport vositasiga ehtiyoj seziladi”.

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Gulmira Turdialiyeva,

    Yuqori dasht mahallasi, 101 uy:

    “Rishton tumani xalq qabulxonasi vakillarimi, bilmadim. Lekin qandaydir vakillar mahallamizga kelishgan. Lekin umuman o‘zlarini tanishtirmagan. Nimadandir shoshilgandek, telefonlariga xonadonlar suratini olishib, muammolarimizni so‘ramasdan, aholi soni, yashovchilar ro‘yxati kabilarni bilishganu, biror nima so‘rashmasin, deb tezda ‘g‘oyib’ bo‘lishgan. Rishton tumani markazidagi Xalq qabulxonasiga ham borib muammolarimizni aytganman. Qabulxona mudiri tez fursatlarda ko‘chalarimizga shag‘al yotqizdirib berishga tantanali va’da bergan edi. O‘tgan yili ana shu kabi ko‘ndalang turgan masalalarimizga javoban,‘ko‘rib chiqilyapti’, ‘Bartaraf etiladi’, ‘ma’lum qilamiz’ qabilidagi umumiy gaplarga to‘la mavhum javob xatlari ham kelgan. Bizda esa muammolar bisyor. Masalan, hududimizda maktabgacha ta’lim muassasasi yo‘q. Vaholanki, 348 dona 3—7 yoshdagi bolalar bor. Ularni bog‘chaga qamrab olish o‘ta achinarli ahvolda. Buloqboshi qishlog‘idagi 23-maktabgacha ta’lim muassasasi filialiesa Yuqori dashtdan 6 km uzoqlikda joylashgan. Transport qatnovi yaxshi emasligi bois u yerga faqat mashinasi borlar olib borishi mumkin. Avtoulovi yo‘q xonadonlarga esa bolalarini muassasaga berish yo‘l xarajatlari bilan ikki barobar qimmatga tushadi. Qizim esa 3 yil mobaynida bog‘chaga yaqin bo‘lganligi uchun katta hovlimizda muntazam yashab qatnagan”.

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Foto: “Xalq so‘zi”
    10.06.2019, 19:40   Izoh (0)   25260
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarining respublika bosqichi boshlandi

    10.06.2019, 19:27

    11-iyun kuni O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi

    10.06.2019, 19:14

    Xorazmda “Bahodirlar o‘yinlari” g‘oliblari aniqlandi

    10.06.2019, 19:01

    O‘zbekistonliklar besh oyda tibbiy yordamga 4 milliondan ortiq murojaat qildi

    10.06.2019, 18:37

    “O‘zstandart” qiymati 148,8 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan mahsulotlarning tegishli me’yorlarga javob bermasligini aniqladi

    10.06.2019, 18:26

    O‘zbekistonlik deputat qonunchilikda “kvartira” so‘zini “xonadon”ga almashtirishni taklif qildi

    10.06.2019, 17:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    BASHKENT turar joy majmuasida 1 iyun – Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan mental arifmetika bo‘yicha Chempionat bo‘lib o‘tadi!


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Xayr, maktabim” qo‘shig‘i 25 yoshda. Mablag‘ sarflanmagan, shoshilinchda yozilgan qo‘shiq qanday qilib bitiruvchilar madhiyasiga aylandi?

    Shou-biznes | 24 may, 07:10

    “Daryo” videoreportaji: 64-xalqaro gullar festivaliga tayyorgarlik ko‘rayotgan Namangan

    O‘zbekiston | 23 may, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 23-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 23 may, 23:00

    Respublika bo‘ylab bir kunda 3,3 mlrd so‘mlik gaz va “svet” talon-toroj qilingani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 may, 22:33

    Tonal kremdan lab bo‘yog‘igacha: kiyimdagi makiyaj dog‘larini qanday ketkazish mumkin?

    Layfstayl | 23 may, 22:15

    Superliga. Turning markaziy uchrashuvida “OKMK” “Nasaf”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 23 may, 22:06

    Samarqandda fuqaroning dala hovlisidan sher bolasi topildi

    O‘zbekiston | 23 may, 22:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.