Daryo

Samarqandda fuqaroning dala hovlisidan sher bolasi topildi

Qonunbuzarlik yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, viloyat prokuraturasi tomonidan holatga huquqiy baho berilmoqda

1 daqiqa o‘qish5 205 ko‘rishlar0 izoh0

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda fuqaro o‘z mashinasida sher bolasini olib yurgani haqida video tarqaldi. Holat yuzasidan Ekologiya vazirligi izoh berdi.

Foto: Ekologiya vazirligi

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida Samarqand tumanida yashovchi fuqaro Afrika sheri bolasini tumanning “Oqbo‘yro” mahallasi hududidagi dala hovlilarning biriga yashirishga uringani ma’lum bo‘ldi.

Sher bolasi dala hovlining sim to‘sig‘iga bog‘lab ketilgan holda topilgan. Unga birinchi yordam ko‘rsatilib, vaqtincha saqlash uchun viloyat kinologiya markaziga olib kelingan hamda alohida parvarishga olinib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Ayni paytda ushbu qonunbuzarlik yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, viloyat prokuraturasi tomonidan holatga huquqiy baho berilmoqda.

Xorazm viloyatining Urganch shahrida noqonuniy saqlanayotgan sher hayvonot bog‘iga topshirilgan edi. Shuningdek, Toshkent shahar Olmazor tumanida fuqaro o‘z uyida Qizil kitobga kiritilgan qushlarni saqlab kelayotgani aniqlangandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar