Yozgi transferlar vaqtida Mauro Ikardi “Inter”ni tark etadi, deb yozadi italiyalik taniqli sport jurnalisti Janluka di Martsio.
Ikardining o‘zi klubda qolishga qarshi emas, biroq jamoaning yangi bosh murabbiyi Antonio Konte futbolchini kelasi mavsum uchun rejalariga kiritmayapti.
“Inter” ayni damda Edin Jeko hamda Romelu Lukaku transferi ustida jiddiy ish olib bormoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)