Ispaniya terma jamoasi Yevro—2020 musobaqasi saralash bosqichi 3-turidan o‘rin olgan bahsda Farer orollari termasini 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
Ispanlar sardori Serxio Ramos mamlakat termasi safidagi 164-o‘yinini o‘tkazdi. Qayd etish joiz, himoyachi ushbu o‘yinda gol ham urishga erishdi.
Ramos mazkur o‘yinlarning 122-tasida g‘alaba qozonib, Iker Kasilyasning (121) rekordini yangiladi, deb yozadi MisterChip. Kasilyas terma jamoa libosida 167 ta o‘yin o‘tkazgan va u bu borada hali ham rekordchi.
G‘alabalar soni bo‘yicha Xavi (100) va Andres Inyesta keyingi o‘rinlardan joy olgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)