“Chelsi” italiyalik mutaxassisni “Yuventus”ga qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi, deb yozadi Sky Sports.
Mauritsio Sarri “Chelsi”ni bir mavsum boshqarib tark etadigan bo‘ldi. Avvalroq London klubi shartnoma muddatidan avval bekor qilinishi uchun “Yuventus”dan 5 million funt talab qilayotgani haqida xabar berilgandi.
Mazkur talab qondirilishi esa noma’lumligicha qolmoqda. “Chelsi” Sarri bilan xayrlashmoqchi emasdi, biroq murabbiyning o‘zi Italiyaga qaytishni istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” Sarri qo‘l ostidagi ilk mavsumda Yevropa Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)