2019-yil 6-iyun kuni soat 00.30 larda Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida yashovchi 26 yoshli S.X. qo‘shnisi 20 yoshli O.X.ning uyi oldida o‘zaro janjal tufayli uning boshiga tayoq bilan urgan vaqtida O.X.ning akasi 23 yoshli X.O. uyidan pichoq olib chiqib, S.X.ning ukasi 22 yoshli X.X.ni pichoq bilan jarohatlagan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.
Natijada X.X. kasalxonaga yotqizilib, O.X va X.O.lar qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)