O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston meva va sabzavotlarini Ukraina bozorlariga eksport qilishni ta’minlash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Spot xabar beradi.
Xususan, Ukraina tadbirkorlari bilan 3 million AQSh dollari miqdorida yangi meva-sabzavot mahsulotlarini, quritilgan mevalar va tayyor to‘qimachilik mahsulotarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.
Kelishuvlar natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavot mahsulotlari Ukrainaning Lvov shahrida yirik meva-sabzavot bozori “Shuvar”ga yetkazib berildi.
Ta’kidlash joizki, 2019-yilning birinchi to‘rt oyida O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasidagi tovar aylanmasi 130 mln AQSh dollarini (2018-yilga nisbatan 102,4%) tashkil etdi.
Shu bilan birga, Ukrainaga eksportning oshishi 11 million AQSh dollarini tashkil etdi (2018-yilning shu davriga nisbatan 126%), Ukraina mahsulotlarining mamlakatga importi 7 foizga kamaydi va 85,6 mln AQSh dollarini tashkil etdi.
Hozirda Kiyev, Dnepropetrovsk va Xarkovda yangi savdo maydonchalarini ochish bo‘yicha faol muzokaralar olib borilmoqda.
Izoh (0)