Namanganda 24 yoshli fuqaro o‘z qarindoshini pichoqlab qo‘ydi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
28-may kuni Namangan shahrida yashovchi 24 yoshli R.T uyida o‘zaro janjal tufayli birga yashovchi amakivachchasi 29 yoshli J.Vning qorin qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. Natijada J.V kasalxonaga yotqizilgan. R.T qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)