2019-yil 31-may kuni Toshkent shahar IIBB TBdan tushgan hujjatlar to‘plamiga ko‘ra, shu yil 3-may kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi 53 yoshli B.K. Alimkent 1-tor ko‘chasida, 57 yoshli P.M.ga shakar mahsulotlari bilan oldi-sotdi qilishini aytib,undan 10 000 AQSh dollarini olgan va ushbu pullarni vaqtida qaytarmasdan o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligi aniqlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.K. ushlangan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)